Patmaterial olish
Quturish kasaligi bo’yicha tekshirish uchun laboratoriyaga yangi murdani, kichkina hayvonlarni butunlay, katta va o’rtacha kattalikdagi hayvonlarning boshi ikkinchi va birinchi bo’yin umurtqalari bilan birgalikda yuboriladi.
Mayda hayvonlarning murdasiga tekshirishga yuborishdan oldin insektitsidlar bilan ishlov beriladi.
Patologik material plastmassa yashikka joylanadi. So’ngra, mustahkam yopiladigan quti ichiga namlikni o’ziga shimib oluvchi dezinfektant bilan ishlov berilgan qistirma to’shaladi. Material va yo’llanma xatida yuboruvchi va uning manzilgohi, hayvonning turi, quturish kasalligiga gumonsirashni isbotlovchi anamnez ma’lumotlari, veterinariya xodimining imzosi va sana ko’rsatilib, maxsus kishi orqali yuboriladi.
Laboratoriya diagnostikasi.
IFR va DPR yordamida antigenni uchratish, Babesh-Negri tanachalarini ko’rish va sichqonlarda biologik namuna qo’yishdan iborat.
IFR bu reaksiya uchun biosanoatimiz fluoressensiyalanuvchi antirabik gammaglobulin ishlab chiqargan.
IFR qo’yish usuli. Yog’sizlantirilgan, buyum oinasida yupqa tamg’a yoki bosh miyaning har-xil bo’laklaridan chap va o’ng tomonlaridan (ammon shoxi, yarim shar po’stlog’i miyacha va uzunchoq miya) surtmalar tayyorlanadi.
Miyaning har qaysi bo’limidan eng kamida ikkitadan preparat tayyorlanadi.
Shuningdek orqa miya, jag’ osti so’lak bezlarini ham tekshirish mumkin. Nazorat qilish uchun sog’lom hayvonning miyasidan (oq sichqonning) preparatlar tayyorlanadi.
Preparatlar havoda quritiladi va sovutilgan (minus 15-20°C) atsetonda 4 soatdan to 12 soatgacha fiksatsiyalanadi, havoda quritiladi, so’ngra fluoressensiyalanuvchi gamma-globulin tomiziladi va nam kameraga 37°C 25-30 daqiqa qo’yiladi, so’ngra fiziologik eritma bilan yoki pH 7,4 bo’lgan fosfat bufer eritmasi bilan yuviladi, havoda quritiladi, fluoressensiyalanmovchi immersion moy tomiziladi va lyuminessent mikroskop ostida qaraladi. Quturish virusi antigeni bor preparatdagi granulalarda, ko’pchilik holda hujayradan tashqarida har xil kattalikdagi vashakldagi sariq-yashil fluoressensiyalanuvchi rangni uchratish mumkin. (63-rasmga qarang).
Nazoratdagida shunday nur sochish bo’lmasdan deyarli nerv hujayrasi kulrang xira yoki yashil rang sochib turadi. Nur sochishning tezligi krestlar bilan baholanadi. Spetsifik fluoressensiyalanuvchi nur sochishning bo’lmasligi natijaning manfiy ekanligini bildiradi.
Quturish kasalligiga qarshi emlangan hayvonlardan olingan patologik materialni uch oy davomida IFR bo’yicha tekshirish mumkin emas, chunki vaksina virusning antigeni fluoressensiyalanishi ham mumkin. Glitserin, formalin, spirt va boshqalar bilan konservatsiyalangan hamda biroz chirish belgilari bor bo’lgan to’qimalarni IFR bo’yicha tekshirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |