Topshiriq 1.Tavsiya etilgan aniq ma’lumotlar asosida 50% yuqumli ta’sir ko‘rsatuvchi virusning titrini hisoblash.
2.Gemagglyutinatsiyalovchi tasir birliklarida allantois suyuqligidagi Nyukasl kasalligi virusining titrini aniqlash.
Material bilan ta’minlash: Aniq ma’lumotlarga asoslanib virusning titrini NM50 aniqlash uchun misollar; har bir talabaga kamida 10 variantdan iborat bittadan misol yozilgan varaq beriladi; nyukasl kasalligining virusi yuqtirilgan tovuq homilasining allantios suyuqligi; yuvilgan eritrotsitlarning 1% - suspenziyasi; fiziologik eritma (NaCl izotonik eritmasi); chuqurchasi bor pleksiglas panellar; 1 ml darajalarga bo‘lingan pipetkalar; rezina noklar; dezinfeksiyalovchi eritma solingan idish; shishaga yozish uchun qalamlar.
Mashg‘ulotning taxminiy rejasi 1.Nazorat uchun savollar.
2.Aniq ma’lumotlarga asoslanib virusning NM50 bo‘yicha hisoblashni namoyish qilish.
3.NM50 bo‘yicha virusning titrini hisoblash bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlashi.
4.Har bir talabaga misolni yechishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini ko‘rsatish va xatosini to‘g‘rilash.
5.Nyukasl kasalligi virusini GAR bo‘yicha titrini aniqlash tasvirini muhokama qilish.
6.Pleksiglas panellarni ishga tayyorlash, pipetka bilan materialni ketma-ket o‘tkazish usullarini namoyish qilish.
7.Talabalarning mustaqil ishlashi:
a)material, pipetka va panellarni tayyorlash;
b)0,5 ml yoki 0,2 ml virusni ikki karrali ketma-ket suyultirishni ko‘rsatish;
c)1% - eritrotsitlar suspenziyasidan qo‘shish;
d)Natijani hisoblash va ularni sharhlash.
8.Ekspozitsiya vaqtida Nyukasl kasalligi virusiga GATR antiteloni titrlash tasvirini daftarga doskadan yoki jadvaldan ko‘chirib olish.
9.Mashg‘ulotga yakun yasash.
10.Kelgusi mashg‘ulot uchun topshiriq berish.
Nazorat uchun savollar 1.Virusning titri nima?
2.Virusning miqdori qanday birlik bilan o‘lchanadi?
3.ChHB va BXB bo‘yicha virusning titrini aniqlashni so‘zlab bering.
4.50% yuqumli ta’sir birliklarida, virusning titrini hisoblashning mohiyati nimadan iborat?
5.Virusning titrini 50% yuqumli ta’sir birliklarida hisoblash usuli nimadan iborat?
6.Virusni GAB bo‘yicha titrini aniqlashdagi nuqtai nazar nimaga asoslangan?
7.Viruslarni har xil usullar bilan titrlashdagi yutuq va kamchiliklarni gapiring?