Adabiyotlar:
1. Bozorov X.K, Abdulakimova A.B. Veterinariya virusologiyasidan o’quv qo’llanma.Samarqand 2016 y.
2. Fenner's. Veterinary Virology (United States of America 2016 year).
3. M.Jackson. Veterinary clinical pathology. America 2010 year.
4. Троценко Н.И., Белоусова Р.В., Преображенская Е.А. Практикум по ветеринарной вирусологии. Учебная пособия. М., Агропромиздат 1998 год.
5. Троценко Н.И., Белоусова Р.В., Преображенская Е.А. Практикум по ветеринарной вирусологии. Учебная пособия. М., Колос, 2000 год.
mavzu: Viruslarni titrlash
Laboratoriya ishlarida, biofabrikalarning ishlab chiqarishida va veterinariya amaliyotida doimo u yoki bu materialdagi virusning sonini aniqlash kerak boladi.
Viruslar sonini aniqlamasdan tirik laboratoriya sistemalariga tajriba uchun yuqtirish, virusga qarshi tirik va aktivligi kamaytirilgan vaksina tayyorlash, diagnostik preparatlar ishlab chiqarish virusga qarshi tirik vaksinalarni aktivligini baholash, immun zardob olish va boshqa kopchilik ishlarni bajarish mumkin emas. Biror materialdagi virusning miqdori, shu materialdagi virusning titri boyicha aniqlanadi.
Virusning titri deganda, uninig materialdagi ifodali konsentratsiaysi tushuniladi.
Hajm birligidagi materialda saqlanayotgan virusning miqdori virusning titri deyiladi.
Virusning miqdorini odatdagidek (hajm, massa va boshqa) birliklarda ifodalash mumkin emas, demak o’lchash uchun tasir birligi yoki aktivlik birligiga tayanmoq kerak.
Viruslar yuqumlilik va gemagglyutinatsiyalovchi ta’sirga ega. Viruslarning yuqumlilik va gemagglyutinatsiyalovchi miqdor birliklari shundan olingan.
Bu birliklarning kattaligi foydalanilayotgan suspenziyada to’la qimmatli va to’la qimmatsiz virionlarning o‘zaro nisbatiga, ob’ektga, titrlash usuliga va boshqa faktorlarga bogliq.
Amaliyotda virusning miqdori uch hil birlik bilan;
1- muayyan joyni jarohatlagan yuqumli birliklar, viruslar tomonidan chaqirib yagona natija bilan baholanadi;
2- tirik sezgir ob’ektga viruslarni yuqumli birliklarini 50% ta’sirini statik yo‘l bilan baholash;
3- gemagglyutinatsiyalovchi birliklar.
Viruslar tomonidan chaqiriladigan muayyan joydagi jarohatlanishning deyarli tanish bolgani (tirik hujayra qavatida olgan hujayra orolchasi) tugunchalar, blyashkalar bo’lib, (48-rasm), o‘stirilgan hujayralarga chechak yoki boshqa viruslarni yuqtirish tufayli tovuq homilasining XAP (nekrozga uchragan tugunchalar) chechakchalari (49 rasm) hosil boladi.
Viruslarni yuqumli aktivligining bunday holatda paydo bo‘lishi viruslar miqdorini toshma (blyashka) hosil qiluvchi birlik (THB) yoki chechek hosil qiluvchi (ChHB) bilan o‘lchash mumkin bo‘ladi. Bir THB-bir toshma, bir (ChHB) bir chechakcha hosil qilishga qodir miqdorga teng. Virusning titrini THB va ChHB aniqlash quyidagicha bajariladi.
48- rasm. O’stirilgan hujayrada virus toshmalarining paydo bo‘lishi.
Aniq o‘lchangan bir xil hajmdagi tekshirilayotgan virus saqlovchi material bilan matrasda o‘stirilgan hujayralarga, yoki tovuq homilasining XAP yuqtiriladi.
So‘ngra har qaysi neytral qizil qo‘shilgan va agar bilan yopilgan matrasda qancha toshma hosil bo‘lganligini sanab chiqib, o‘rtacha arifmetik son hisoblab chiqiladi. Bunda THB va
ChHB yuqtirilgan virus saqlovchi materialning miqdoriga tengligi aniq bo‘ladi.
Qanday bo‘lganda ham yuqtirilgan miqdorning hajmi doimo aniq ma’lum bir birlik hajmdagi virus saqlovchi materialga qancha THB yoki ChHB to‘gri kelishini hisoblash qiyin emas. Xuddi
49-rasm. SigirlarningchechakvirusiyuqtirilgantovuqhomilasiningXAP-dapaydobo‘lganchechakchalar.
o‘sha material tarkibidagi virus konsentratsiyasini ifoda-lovchisi yoki titri bo‘ladi. Virusning titrini (T) oddiy formula yordamida hisoblab chiqish mumkin.
Bu yerda, n-bir matrasda-gi toshma yoki bir tovuq ho-milasidagi chechakchalarning
o‘rtacha arifmetik coni; a-yuqtirish uchun olingan virus saqlovchi materialni eritib aralashtirish; V - yuqtiriladigan miqdorning hajmi.
Misol. Chechak kasali bilan kasallangan tovuqning, zararlangan terisining bir bo‘lagidan suspenziya tayyorlangan. Shu suspenziyadagi chechak virusining titrini aniqlash kerak. 0,5 ml suspenziyadan olib,4,5 ml fiziologik eritma qo‘shdik demak 10 barobar aralashtirdik (1:10).
Suspenziya ancha quyuq konsenratsiyaga ega bo‘lib, yopishqoq. Eritib suyultirilgan suspenziyadan 0,2ml olib 5 dona tovuq homilasining XAP yuqtirdik. Termostatda inkubatsiyalanayotgan 5 dona tovuq homilalarini 6 kun o‘tgach barchasini yorib, XAP hosil bo‘lgan chechaklarni sanadik. Ma’lum bo‘lishicha 10, 11, 13, 18 va 8 o‘rtacha arifmetik son.
Olingan natija (n=12 chechakcha, a=1:10=0,1. V=0,2ml. Formulaga qo‘ysak
hosil bo‘ladi.
Shunday qilib, suspenziyadagi virusning titri 600 ChHB/ml teng,demak suspenziyaning har bir millilitrida 600 miqdordan chechak virusini saqlaydi, shulardan har qaysisi XAP bittadan chechakcha hosil qilishga qodir. Misolda virusni titrlash soddalashtirilgan bo‘lib, bu materialdagi virusning yuqori konsentratsiyasini hisobga olmaydi, bunday holda o‘stirilgan hujayradagi toshmalar yoki XAP chechaklar bir-biri bilan qo‘shilib ketishi tufayli sanash mimkin bo‘lmasdan qoladi. Ularning soni matrasda yoki XAP 50 dan oshmasa, toshma va chechakchalarni sanash mumkin.
Qanchalik bo‘lsa ham virusning titri tekshiriladigan materialda odatdagicha noma’lum (uni aniqlashimiz kerak) yuqtirish uchun materialni qanday suyultirish ham noma’lum, chunki toshma yoki chechakchalarni qo‘shilib ketishini oldini olishimiz kerak.
Bunday vaziyatda tekshirilayotgan materialdan bir nechta aralashma tayyorlanadi (odatdagidek 10 koeffitsenti bilan) har bir aralashma bilan bir xil miqdorda, teng guruhda o‘stirilgan hujayraga yoki tovuq homilalariga yuqtiriladi, so‘ngra har-bir suyultirilgan aralashmadagi toshma yoki chechakchalarning o‘rtacha arifmetik soni hisoblanib,ayrim joylarda hisoblash mumkin bo‘lmaganlari olib tashlanadi.
U holda virusning titri quyidagi formula bilan hisoblanadi.
Bu formula oldingilariga o‘xshash bo‘lib lekin,biroz murakkablashtirilgan.
Misol. Titrlash natijalari 4 jadvalga keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |