Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti veterinariya kafedrasi



Download 104,08 Kb.
bet11/17
Sana06.01.2022
Hajmi104,08 Kb.
#323610
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
kinologiya qayta topshirish

Sestodozlar

Difillobotrioz (Diphyllobothriosis)

Itlar difillobotriozining qo‘zg‘atuvchisi har xil turdagi sestodalar Diphyllobothrium avlodi. Ko‘proq keng lentets D.latum turi uchraydi. Bu sestoda itlarda parazitlik qiladi. odamlarga ham yuqadi. Ingichka ichakda joylashadi.



Morfologiyasi. Keng lentetsning tanasi juda uzun. Odam organizmida 9 m, itlarda 6 m gacha uchraydi. Lentets skoleksining uzunligi 2-3 mm, ikkita yoriqsimon so‘rg‘ichi bor, ular yordamida ichakning shilliq pardasiga berkiladi. Bo‘yin qismi juda ingichka. Ko‘p sonli urug‘donlar (700-800) bo‘g‘ini yonboshida dorsal joylashadi. Har bir yuo‘g‘inda ikkita jinsiy teshik bor: kindikniki va bachadonniki, ular bo‘g‘inning oldingi choragida joylashadi. Juft tuxumdonning shakli kapalak qanotiday, bo‘yinning orqa qirrasiga yaqin joylashadi. Bachadon 4-8 ilmoqdan tuzilgan. Tuxumi oval shaklda. Uzunligi 0,063-0,073 mm, eni 0,042-0,052 mm, qopqoqcha bilan qoplangan.

Rivojlanishi. Keng lentets yordamchi va oraliq xo‘jayinning aralashishi bilan rivojlanadi. Tuxumlari itlarning axlati bilan tashqi muhitga chiqadi. Keyinchalik rivojlanishi uchun ular suvga tushishi kerak, unda kipriklar bilan qoplangan qurtchalar-koratsidiyalar chiqadi. Suv havzasida qisqichbaqa sikloplar va diantomuslar ularni yutib va ularning tagida kipriklarini tashlab 2-3 haftada protserokoidga aylanadi. YUqtirgan qisqichbaqalarni baliqlar yutadi, ular hazm bo‘lib protserkoidlar ichak devoridan o‘tib mushaklar, jigar, tuxumdonga o‘tib ulardan plerotserkoidlar rivojlanadi. Plerotserkoidlar bu yassi qurt bo‘lib, uzunligi 15-20 mm, eni 2-3 mm.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, baliqlar keng lentetsni yordamchi xo‘jayini bo‘lib hisoblanadi.

Itlar difillobotrioz bilan xom baliqlardagi keng lentetslarni plerotserkoidlarni eyishi natijasida o‘ziga yuqtiradi.

Klinik belgilar. Kasal itlar susaygan, buzuq ishtaha rivojlanadi, qayt qilish paydo bo‘lib, ich ketish qotish bilan almashib turadi, buning natijasida it oriqlab ketadi. Kasal itlarda keng lentets intensiv invaziya chaqirsa, ularda anemiya, leykotsitoz, eozinofeliya, disprotenemiya, giperxolenteremiya, qon zardobida kaliy va natriy miqdori kamayishi, siydikda iqsilning paydo bo‘lishi rivojlanadi. Ayrim paytlarda kasal itlarda markaziy nerv sistemasini zararlanishi kuzatiladi.


Download 104,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish