Oldini olish va kurashish chora-tadbirlari. Opistorxoz bilan kasallanuvchan it, tulki, mushuk va boshqa hayvonlarga metatserkariy bilan zararlangan xom baliq berilmaydi. Metatserkariy yuqqan baliqlar pishirish yoki muzlatish yo‘li bilan zararsizlantiriladi. Mayda daliqlar 8-120 sovuqda 5 kun ichida, katta baliqlar esa 17-29 sutkada zararsizlantiriladi.
Bundan tashqari hayvonlar vaqt-vaqti bilan tekshirib turiladi va davolanadi.
Hayvonlarn davolashda 1 kg tirik vaznga 0,4-0,5 g geksaxloretan suspenziyasi beriladi. Hozirgi vaqtda opistorxoz bilan kasallangan hayvonlarni va odamlarni davolashda 0,1-0,3 g/kg hisobida beriladigan geksaxloparaksilol organizmga zarar etkazmaydigan yaxshi preparat hisoblanadi va u oziqa bilan 15-18 soat ochlikdan keyin beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |