37
4.2.1-rasm. SK-5 «Niva» don kombayni
1-bo’lgich, 2-motovilo, 3-qirqish apparati, 4-jatkaning shnegi, 5-jatkaning
moslashish boshmo g’i, 6-erkin o’rnatilgan qiya transportyor, 7-molotilkaning qabul
biteri, 8-baraban ostligi, 9-baraban, 10-silkitish taxtasi, 11-qaytargich biter, 12-
ventilyator, 13-don shnegi, 14-barmoqli panjara, 15-yuqorigi
va pastki tozalash
g’alviri, 16-boshoq shnegi, 17-yuqorigi g’alvir uzaytirgichi, 18-poxol tiqqich, 19-
somon tiqqich.
Kombayn ishlayotganda bo’lgichlar jatkaning qamrash kengligiga teng poyalar
polosasini ajratadi, motovilo esa ularni qirqish apparatiga keltiradi.Qirqilgan poyalar
shnek vositasida jatkaning markaziga suriladi va ular shnekning barmoqlari bilan
qamrab olinadi, so’ngra platforma bo’ylab erkin o’rnatilgan
qiya transportyorning
plankalariga uzatiladi.Keyinchalik g’alla massasi qabul biteriga uzatiladi, u massani
yanchish uchun yanchish apparatlariga yo’naltiradi.
Massa baraban va baraban tagligi orasidagi zazor orqali o’tayotganda undan
don ajratadi va uning ko’p qismi to’pon bilan birga baraban tagligi g’alviridan
silkitkich taxtaga tushadi.Qolgan massa qaytarish biteri vositasida poxol elagichga
itqitib
tashlanadi, u massani elaydi va natijada silkitgich taxtaga qolgan don, qipiq
hamda xas-cho’plar tushadi.Poxol
poxol tiqqichga uzatiladi, u uni g’aramlagichga
beradi. Donli aralashma silkitgich taxtadan barmoqli panjaraga keladi, undan
aralashma tozalagichning yuqorigi g’alviriga bir tekis qilib to’kiladi. Tozalagichning
silkinib turuvchi yuqorigi va pastki g’alvirlarida aralashma
ventilyator vujudga
keltirgan havo oqimi tasiriga duch keladi.Bunda don va o g’ir aralashmalar g’alvir
ko’zlari orqali o’tadi, xas cho’p va yengil aralashmalar esa yuqorigi g’alvirdan
tushadi hamda havo oqimi va poxol tiqqich tasirida g’aramlagichga uzatiladi.
Yanchilmagan boshoqlar pastki g’alvirdan tushib, boshoq shnegiga yo’l oladi,
undan esa boshoq elevatori va kichik shnek orqali uzil-kesil yanchish uchun yanchish
38
qurilmasiga uzatiladi. G’alvir va havo oqimi yordamida tozalangan don, don
shnegiga keladi, undan esa elevator hamda taqsimlash shnegi bilan bunkerga tashib
ketiladi, undan shnek yordamida transport vositasiga ortiladi. G’aramlagich
to’lganda poxol va to’pon an g’izga bo’shatiladi.
G’aramlagich o’rniga maydalagich o’rnatilganda poxol truba bo’ylab tirkalma
transport telejkasiga uzatiladi. G’allani alohida -alohida yi g’ishda kombayn jatkasiga
podborshchik o’rnatiladi, u qator uyumlarni ko’tarib oladi va g’alla
massasini
jatkaning shnegiga uzatadi. Qolgan texnologik prosesslar xuddi bevosita kombaynda
yi g’ishdagiga o’xshash bo’ladi.
Boshqa kombaynlarning umumiy tuzilishi va ishlashi asosan shunga
uxshashdir. Biroq kombaynlar o’lchamlari, ish organlarining o’tkaza oluvchanligi va
ayrim agregatlari hamda yi g’ish birliklarining konstruksiyasi bilan bir-biridan farq
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: