Kombaynning texnologik ish jarayoni. Kombayn egatlar bo’ylab harakatlanganda makkajo’xori poyalari qirquvchi
apparatga yo’naltirilib, qirqiladi va siquvchi, uzatuvchi zanjir yordamida so’ta
ajratgich valiklari hosil qilgan ish tirqishga yo’llanadi.Bu yerda uzilgan so’talar
transportyorga va sirpanuvchan taxtaga tashlanadi.Shu paytda mayda chiqindilar va
barglar ventilyator hosil qilgan havo oqimi yordamida olib ketilib, so’talar maxsus
so’ta tozalash apparatiga tushadi va u yerda siquvchi moslama yordamida kobig’idan
ajratiladi. Tozalangan so’talar shnek va transportyor yordamida kombaynga tirkalgan
aravachaga yuklanadi.Valiklar orasidan o’tgan poya esa maydalagichda qirqilib
yuklash trubalari vositasida kombayn bilan yonma-yon harakatlanayotgan transport
vositasi kuzoviga tashlanadi.
Ish organi rotor tipida bo’lgan KIR-1,5 o’rish mashinasi. Mashinani bolgariyalik konstruktorlar ixtiro qilgan bo’lib, bizda keng
qo’llanadi. Mashinaning asosiy ish organi to’rtta qirquvchi plastinka shaklidagi
pichoqqa ega bo’lgan baraban hisoblanadi. Kosilka ramasiga tarqatish reduktori
o’rnatilgan bo’lib, u kardanli val orqali traktorning quvvat olish validan harakatni
olib, kontur yuritma va tasmali uzatma yordamida barabanni harakatga keltiradi.
Bu kosilkaning texnik ko’rsatkichlari Turi.................................................................................. tirkama rotorli
Yo’l tirqishi..................................................................... 165 mm
Massasi.............................................................................. 950-970 kg
Ish unumi........................................................................... 15...45 t/soat
Qirqiladigan massa uzunligi......................................... 12...200 mm
Qamrov kengligi............................................................... 1,5 mm
Minimal qirqish balandligi......................................... 50 mm
Maksimal qirqish balandligi........................................ 400 mm
Baraban diametri............................................................. 570 mm
Baraban kengligi.............................................................. 1500 mm
Baraban aylanishlar soni................................................ 1500 ayl/min
Istemol quvvati................................................................ 18...30 ot kuchi
Baraban pichoqlari bilan teskari qirquvchi plastinkalar orasida 12... 18 mm
tirqish bo’lishi kosilkaning normal ishlashini taminlaydi. Bu masofa lyuqdan teskari
qirqish plastinkasini siljitish yo’li bilan rostlanadi.