3.1.2-rasm. AG-UD-2 aerozol generatori
:
1-issiqlik rostlagichi, 2-o’t oldirgich, 3-o’rnatish vinti, 4-kuzatish oynasi, 5-yonish
kamerasi, 6-filtr tindirgich, 7-benzin baki, 8-tortqi, 9-so’rish shlangi, 10,21-jo’mrak,
11-soplo, 12-purkagich, 13-issiqlik trubasi, 14-filtr, 15-so’rish trubasi, 16-bak, 17-o’t
oldirish shami, 18-havo yo’naltirgich, 19-filtr, 20-uchlik, 22-benzin purkagich.
NAZORAT SAVOLLARI.
1) O’simliklarni himoya qilish usullarini gapiring?
2) Purkagich rezervuarlarining suv bilan to’ldirilish tartibini ayting?
3) Purkagichning ish suyuqligini berilgan meyorga qanday o’rnatiladi?
4) simliklarni himoya qilish mashinalariga qo’yiladigan agrotexnik talablar?
AMALIY MASHG’LOT №-7
MAVZU:
YEM-XASHAK YIG‘ISHTIRISHDAGI MASHINALARI ISHCHI
QISMLARINING O‘LCHAMLARINI ANIQLASH
Ishning maqsadi:
Yem - xashak tayyorlash va unda ishlatiladigan. SK-2,6A,
KOP-1,4V, «Xersones», KIR-1,5 va shunga o’xshash o’rish mashinalari, makkajo’xorini
silosga va donga o’rish kombayni hamda boshqa mashinalarning vazifasi, umumiy tuzilishi,
mashinaning texnologik ish jarayoni.
Jixoz va asbob uskunalar:
O’rish mashinalari, makkajo’xori silosga va donga
o’rish kombaynining umumiy tuzilishi, texnologik ish jarayoni va qismlarni rostlashga oid
plakatlar, modeli va maketlari, kombaynlar ish qismlarining haqiqiy namunasi.
Ishni bajarish tartibi:
a) Yem-xashak tayyorlash texnologiyasi.
b) Yem-xashak tayyorlash mashinalarining xillari.
v) Xaskashlarning turlari va g’aramlagichlar, presslagichlar.
Chorvachilik qishloq xo’jaligining eng muhim tarmog’i bo’lib, halqimizni oziq-
ovqat, go’sht - sut mahsulotlari, yengil sanoatni esa turli xom ashyo bilan taminlashda
muhim ahamiyatga ega. Yem-xashak bazasini yanada mustahkamlash, chorva mollari va
parrandalarni har xil servitamin oziqlar bilan yil mobaynida uzluksiz taminlash bu
tarmoqni jadal rivojlantirishning asosiy omillaridan hisoblanadi.
Yem-xashak va umuman hayvonlar va parrandalarga beriladigan oziqlar uch
guruhga (o’simliklardan tayyorlanadigan, hayvon va parrandalardan olinadigan va
mineral qo’shimchalarga) bo’linadi va keng tarqalgan qismi birinchi guruh, yani
o’simliklardan tayyorlanadigan oziqlar hisoblanadi.Ularning asosiy turlari: ko’k o’t, dag’al
oziq (pichan, somon), senaj, silos, ildizmevalar, un va oziq-ovqat sanoati chiqindilaridan
iborat.
Ko’kat oziqlar- tabiiy o’sadigan va sun’iy holda o’stiriladigan barcha turdagi
o’simliklar hisoblanadi. Masalan, har xil o’tlar, boshoqli (arpa, suli, bug’doy), dukkakli
o’simliklar (no’xat, loviya) ildizmevalarning poyasi, bargi shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |