Antigen va antitelolarning o‟zaro munosabatlari.
Antigen va antitelolar
molekulalar kabi, o‘z shaklini, tuzilishini o‘zgartirmasdan o‘zaro ta‘sir qiladilar. Buni
agglyutinasiya, presipitasiya, komplement bog‘lash va h.k. reaksiyalarda yaqqol ko‘rish
mumkin.
Allergiya
bu allergenlarga (mikrob oqsili, toksini, dorilar va h.k.) organizm
sezuvchanligining ortishidir. Allergik reaksiyalar tez yoki sekin kechishi mumkin. Tez
kechganda reaksiya bir necha daqiqadan (15-30) keyin, sekin kechganida bir necha
soatdan keyin (24-72) paydo bo‘ladi. Tez kechadigan reaksiyaga anafilaksiya, zardob
kasalligi, shuningdek ko‘proq odamlarda uchraydigan atopiyalar (qizilcha, bronxial
astma) kiradi.
Anafilaksiya
(grekcha ―
ana”
- qarshi,
“filaksiya”
himoya demakdir). Begona
oqsilni(zardob,antibiotiklar) takror parenteral yuborish natijasida organizmda unga
nisbatan haddan tashqari sezuvchanlikning ortishi anafilaksiya deyiladi.Anafilaksiyaga
sababchi bo‘ladigan moddalar anofiloktogenlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |