Pektinli bijg‟ish
. O‘simlik hujayralarini bir –biriga biriktirib turuvchi moddalar
pektin
deb ataladi, ya‘ni bu o‘simlik hujayralarini mustahkamlab to‘qimalarga
aylantiradigan hujayralararo moddadir. Ular suvda erimaydi va har qanday o‘simlik
qoldiqlarida anchagina miqdorda bo‘ladi.
Bakteriya va achitqilar pektin, protopektin, pektin kislotasini aerob va anaerob
sharoitlarda parchalaydi Pektin kislotasining parchalanishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar
oksidlanadi yoki mikroorganizmlar bijg‘itadi.Anaerob sharoitda moy kislotali
bakteriyalardan
Cl. pectinovorum
bijg‘itishi natijasida moy, sirka kislotalari, H
2
va CO
2
gazlari hosil bo‘ladi.
Cl. felsineum
da esa ulardan tashqari kam miqdorda aseton va butil
spirti hosil bo‘ladi. Pektinli bijg‘ish zig‘ir, nasha, kanop, kandir va boshqa
o‘simliklardan tola ajratib olishda keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |