Immunitet.
Kuydirgi bilan kasallanib tuzalgandan keyin hayvonlarda mustahkam
immunitet paydo bo‘ladi.
Laborotoriya tekshirishlari.
Labororiyaga tekshirish uchun quloq tubidan boylab kesiladi, quloqning kesilgan
joyidan olingan qon, o‘lgan cho‘chqalardan -tamoq limfa tugunlari va shishgan
biriktiruvchi to‘qima qismchalari yuboriladi. Kuydirgiga gumon qilinganda jasadni
yorish man etiladi. Kasallik septik kechayotgan molning o‘ligini yorayotganda
kuydirgiga gumon qilinsa, yorish to‘xtatiladi va tekshirishga taloqning bir qismi
yuboriladi.
Patologik materiallarning bakteriologik diagnostikasi: birlamchi mikroskopiya
qilish; oziqa muhitlarga ekish; ajratilgan toza kulturaning (mikrobni) kultural-
biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish; laboratoriya hayvonlarini zararlashni o‘z ichiga
oladi. Agar quloq qonsizlantirib olib kelingan bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda presipitasiya
reaksiyasi ham qo‘yiladi. Material aynigan bo‘lib, bakteriologik tekshirishga yaramasa,
faqatgina presipitasiya reaksiyasini qo‘yish bilan chegaralanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |