Diagnozi.
Epizootologik va klinik ko‘rsatmalar asosida, shuningdek, bakteriologik
tekshirishlar natijasiga asoslanib qo‘yiladi. Barcha tur va yoshdagi hayvonlarning
zararlanishi, mavsumiyligi, stasionarligi, kasallikning tasodifiyligi, o‘tkir va yarim o‘tkir
o‘tishi, isitma va karbunkulalarning borligi, og‘ir umumiy holat, qisqa muddatda o‘lish,
jasadni ko‘rgandagi ma‘lumotlar, shishish, jasadning qotmasligi, tabiiy teshiklardan qon
aralash ajratmalar chiqib turishi kuydirgiga shubha qilishga asos bo‘ladi. Shu kompleks
belgilar majburiy so‘yilgan hayvonlarda ham kuydirgiga shubhalanishga asos bo‘la oladi.
Laboratoriya tekshirishlari diagnozni tasdiqlaydi. Kuydirgini pasterellyoz, qorason,
yomon sifatli shish, bradzot, enterotoksemiya va piroplazmidozlardan epizootologik,
klinik va laboratoriya tekshirishlari natijasida differensiasiya qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |