Fosfor aylanishi
. Tuproqda oqsil moddalar va lipoidlar tarkibida fosfor ko‘p
bo‘ladi. Organik moddalar chirib parchalanganda fosfor kislotasi hosil bo‘lib,
tuproqdagi kaliy, magniy, temir tuzlari bilan birikadi. Bu birikmani o‘simlik
o‘zlashtiradigan-eriydigan holatga fosfor mikroblari keltiradi. Bunda nitrifikasiyalovchi,
oltingugurt, tion bakteriyalari qatnashadi. Fosfor mikrobalarining toza kulturasidan
bakterial o‘g‘it – fosfobakterin tayyorlashda foydalaniladi. (
Bas.megaterium var
phosphaticum
). Ular organik fosforni mineralizasiya qilib, o‘simliklarning fosforli
oziqlanishini yaxshilaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |