Quy va echkilar infeksion agalaktiyasi qo‟zg‟atuvchisi –
Mycoplasma
agalactiae.
Kasallik sut bezlarining zararlanishi, sut sekresiyasining yo‘qoli shi,
ko‘zning ( keratit, kon‘yunktivit), bo‘g‘inlarning zararlanishi bilan xarakterlanadi.
Kasallik o‘tkir kechganda hayvonlar 5-8 kundan keyin o‘ladi.
Patmaterial.
Kasal hayvonlardan sut yoki yelin sekreti (agalaktiyada), zararlangan
bo‘g‘inning sinovial suyuqligi, zararlangan ko‘z ajratmalari, o‘lganlaridan- jigar,
yelinning bir qismi, sinovial suyuqlik, abssess moddasi olinadi. Material muz solingan
termosda yoki muzlatilgan holatda mutaxas sis orqali yo‘llanadi. Yangi muzlatilgan
materialni 10 kundan ortiq saqlash mumkin emas.
Mikroskopiya.
Tekshirilayotgan materialdan yupqa surtma tayyorlab, 24 soat
quritiladi. Surtmani tuz, erigan oqsillardan tozalash uchun 10 daqiqa distillangan suvga
solinadi, qog‘oz bilan quritiladi, 10-15 daqiqa etil spirti bilan qotirib, 48 soat
Romanovskiy Gimza usulida bo‘yaladi, yuvib, quriti ladi. Boshqa mikoplazmalar
singari
Mycoplasma agalactiae
ham polimorf, o‘lchami 250-400 nm.
Do'stlaringiz bilan baham: |