SANChIQ BILAN KASALLANGAN
OTLARNI DAVOLASh
Reja:
15.1. Sanchiq sindromi bilan kechadigan kasalliklarning sabablari,
tasnifi va asosiy sindromlari.
15.2. O’tkir oshqozon kengayishi bilan kasallangan otni qabul
qilish va davolash tartibini tuzish.
Mashg’ulotning maksadi:
Studentlarga «sanchiq sindromi» bilan
kechadigan kasalliklarning sabablari, tasnifi va asosiy sindromlari
to’g’risida tushuncha berish, sanchiqlar bilan kasallangan otni qabul
qilish va davolash tartibini o’rgatish.
Kerakli asbob-uskuna va jixozlar:
Otlarni fiksatsiya qilish
aslahalari, sanchiqlar haqidagi jadvallar, laboratoriya jihozlari,
spazmolitik, og’riq qoldiruvchi dorilar, dezinfeksiyalovchi eritmalar,
gipertonik eritma, otlar uchun burun-qizilo’ngach zondi, Esmarx
krujkasi, tamponator.
Mashg’ulotning borishi: Kolik
(Colica) –bezovtalanish bilan
o’tadigan sanchiq ma’nosini anglatib, bu guruhga oshqozon va
70
ichaklarning ko’p kasalliklari kiradi hamda oshqozon-ichaklarda oziqa
massasining to’xtab qolishi, hazm traktining motorikasi, so’rilish va
sekretor funksiyalarining buzilishi bilan o’tadi. Bu kasalliklar asosan bir
tuyokli hayvonlarda va ba’zan boshqa hayvonlarda uchraydi.
Sanchiqlarning asosiy sabablaridan biri organizmda shartli reflekslar
stereotipining buzilishi oqibatida markaziy asab tizimi boshqaruvchanlik
xususiyatining buzilishi hisoblanadi. Bunda vegetativ asab tizimining
qo’zg’aluvchanligi o’zgaradi, ya’ni simpatik yoki parasimpatik asab
tizimlarining qo’zg’aluvchanligi tormozlanishiga nisbatan kuchli bo’ladi
(disfunksiya). Bu o’zgarishlar asosan ichki a’zolar, ya’ni oshqozon va
ichaklarda yuz berishi mumkin.
Bunday sabablarga ko’p miqdordagi sifatsiz oziqalarning berilishi,
hayvonlarni oziqlantirish, sug’orish va ishlatish rejimining buzilishi,
tashqi muhit past haroratining umumiy va mahalliy ta’siri, oldingi charvi
arteriyasida
delafondiya
parazitlarining
rivojlanishi
oqibatida
qo’yoshsimon tugunning anevrizimi va funksiyasining buzilishi, havo
bosimi va namligining o’zgarishlari oqibatida vissero-visseral va sensor-
visseral patologik reflekslarining paydo bo’lishi va boshqalar kiradi.
Ushbu omillar ta’sirida oshqozon va ichaklardagi motor, sekretor va
so’rilish funksiyalar reflektor ravishda buziladi, natijada sfinktrlar va
ichaklarning ayrim bo’laklarida kuchli spazm (spastik sanchiqlar)
kuzatiladi. Motor faoliyatining buzilishi esa ichak ba’zi qismlarining
zo’riqishi va oziqa massasining turib qolishi, achish-bijg’ish
jarayonlarining va gazlar paydo bo’lishining kuchayishiga olib keladi.
Devorlar
taranglashib,
interoreseptorlar
qitiqlanadi
(distenzion
sanchiqlar), charvilar tortilib taranglashadi (charvi sanchiqlari) va qorin
pardasidagi
reseptorlar
ta’sirlanadi
(peritonial
sanchiqlar).
Autointoksikasiya hamda organizmning suvsizlanishi (degidratasiya)
kuzatiladi. Jigar faoliyati buziladi. Qon quyuqlashib, bosimi ko’tariladi,
asidoz, taxikardiya, hansirash kabi o’zgarishlar kuzatiladi.
Sanchiqlar G.V.Domrachevning tasniflashi bo’yicha: oshqozon
sanchiqlari (oshqozonning o’tkir va surunkali kengayishi), peritonitsiz
kechadigan ichak sanchiqlari (kataral spazm, meteorizm, ximostaz va
koprostaz, ichaklarning tosh, konkrement yoki gelmintlar bilan tiqilib
qolishi) va peritonit bilan o’tadigan ichak sanchiqlari (ichaklarning
tuyulishi, buralishi, invaginasiyasi, tromboemboliyasi paytida kelib
chiqadigan mexanik ileuslar) guruhlariga bo’linadi.
A.V.Sinevning tasniflashi bo’yicha: mexanik va dinamik ileuslar
farqlanadi.
71
Dinamik ileuslar kelib chiqishiga ko’ra, spastik va paralitik
ileuslarga bo’linadi. Spastik ileuslarga oshqozon kengayishi, enteralgiya,
ichak meteorizmi, paralitik ileuslarga ximostaz va koprostaz kiradi.
Mexanik ileuslar obturasion (ichak kanalining toshlar, yot narsalar
yoki gelmintlar bilan tiqilishi), strongulyasion (ichak buramlarining
teshiklarga kirib qisilib qolishi, o’ralib tushishi, ba’zan ichak devorining
tashqariga burtib chiqishi, ichak devorining bir-biriga kiyishib qolishi -
invaginasiyasi, stenozlar, ichakning bo’ralib qolishi), gemostatik (ichak
arteriyalarining tromboemboliyasi oqibatida kelib chiqadigan) ileuslarga
bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |