«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

 
JIGAR KASALLIKLARINING LABORATOR 
DIAGNOSTIKASI
 
Reja: 
16.1. Jigarning asosiy funksiyalari va kasalliklarining asosiy
Sindromlari. 
16.2. Qon zardobida bilirubin miqdorini aniqlash. 
16.3. O’tkir gepatitni davolash. 
Mashg’ulotning 
maksadi: 
Studentlarga 
jigarning 
asosiy 
funksiyalari va kasalliklarining asosiy sindromlari to’g’risida tushuncha 
berish, qon zardobida bilirubin miqdorini aniqlash va jigar kasalliklarini 
davolashni o’rgatish. 
Kerakli asbob-uskuna va jixozlar: 
Me’yorda va kasalliklar 
paytida bilirubin almashinuvi haqidagi jadvallar, qon zardobi va unda 
bilirubin miqdorini aniqlash uchun zarur laboratoriya jihozlari, o’t 
haydovchi dorilardan namunalar. 
Mashg’ulotning borishi:
Jigar kasalliklari to’g’risidagi olingan 
ma’ruza ma’lumotlari qisqacha takrorlangach, oldindan tayyorlab 
qo’yilgan qon zardobida bilirubin miqdori aniqlanadi. O’tkir gepatitga 
gumon qilingan hayvon qabul qilinib, davolash tartibi belgilanadi. 
Jigarning organizmdagi asosiy funksiyalari. 
Jigar organizm kimyoviy gomeostazida markaziy a’zo sifatida bir 
qancha hayotiy muhim funksiyalarni bajaradi: oqsillar, uglevodlar, 
lipidlar, pigmentlar, vitaminlar va boshqa moddalar almashinuvida 
qatnashadi, o’t suyuqligini ishlab chiqaradi, toksinlarni zararsizlantiradi, 
temir, mis kabi elementlar va 20 foizga yaqin qonni zahira holida 
saqlaydi.


74 
Jigar - ovqat hazm qilish tizimiga kiruvchi a’zo bo’lib, uning eng 
asosiy funksiyalaridan biri - o’t suyuqligi ishlab chiqarish hisoblanadi. 
12 barmoqli ichakda o’t suyuqligi ta’sirida yog’lar, yog’da eruvchi 
vitaminlar (A.D.Ye.K) suvda eriydigan, ya’ni suriladigan shaklga o’tadi.
O’t suyuqligi asosan gepatositlarda hosil bo’lib, u yerda o’t 
suyuqligining asosiy komponentlari hisoblangan yog’ kislotalari, 
xoyesterin va fosfolipidlar sintezlanadi. 
O’t suyuqligi oshqozon osti bezi va ichak shilliq pardalarida 
sintezlanadigan 
lipaza 
fermentini 
faollashtirib, 
uning 
lipolitik 
xususiyatini 20 marta oshiradi. Lipaza yog’larni parchalaydi, ichaklar 
matorikasini oshiradi, oshqozon osti bezi sekresiyasini va o’t ishlab 
chiqarishni kuchaytiradi. O’t ishlab chiqarilishini 12 barmoqli ichak 
devorida ishlab chiqariladigan xolesistokinin garmoni boshqarib turadi. 
Jigarda albuminlar, 80 foizga yaqin alfa-globulinlar, 50 foiz beta-
globulinlar, fibrinogen, globin, protrombin va boshqa qonning 
ivuvchanligini ta’minlovchi moddalar sintezlanadi.
Jigar oshqozon-ichak tizimidan kelayotgan qonning yo’lida 
joylashgan. Bu qonning 80 foizi darvoza venasi orqali, 20 foizi jigar 
arteriyasi orqali oqib keladi va jigar venasi orqali jigardan chiqib ketadi. 
Jigarda 
aminokislotalar 
qayta 
sintezlanadi: 
dezaminlanadi, 
transaminlanadi va dekarboksillanadi. 
Jigarda modda almashinish jarayonida hosil bo’lgan zaharli 
moddalar zararsizlanadi, oshqozon oldi bo’limlaridan tushgan 
ammiakdan mochevina va ammiakning tashiluvchi shakli hisoblangan 
glutamin hosil bo’ladi. Glutamin ammiakni buyraklarga yetkazib beradi 
va u yerda glutaminning parchalanishidan ajralib chiqqan ammiak siydik 
bilan ajraladi.
Jigar markaziy a’zo hisoblanib, unda ksenobiotiklarning kimyoviy 
qayta tuzilishi (trasformasiyasi) amalga oshadi. Yog’da eruvchi 
moddalar jigarda suvda eruvchi shaklga o’tadi va buyraklar orqali 
chiqariladi.
Jigarning glikogen hosil qilish faoliyati markaziy asab tizimi va 
insulin, adrenalin, glikogen gormonlari va bir qator fermentlar orqali 
boshqariladi. Glyukozaga talab oshganda (och qolganda, muskullar ko’p 
ishlaganda) glikogen fosforilaza fermenti ta’sirida glyukozaga aylanadi. 
Jigar kasalliklari paytida glyukoza va glikogen hosil bo’lishi kamayib, 
gipoglikemiya rivojlanadi.
Jigar yog’lar va lipidlar almashinuvida ham asosiy vazifani utaydi, 
ya’ni bu yerda triglisiridlar oksidlanadi, aseton tanachalari hosil bo’ladi, 


75 
trigleserid-lar va fosfolipidlar sintezlanadi, xolesterin sintezi va yog’ 
kislotalarining hosil bo’lishi amalga oshadi. 
Jigarda mazkur hayvon turi uchun xos bo’lgan yog’lar sintezlanib, 
ular lipaza fermenti ta’sirida yog’ kislotalari va gliseringa parchalanadi. 
Gliserin ATF ishtirokida sut kislotasigacha, keyinchalik, suv va karbonat 
angidritgacha oksidlanadi. 
Jigar yog’da eruvchi vitaminlar almashinuvida qatnashadi. Retinol 
va karotin jigarda to’planadi. Jigarda V
12 
vitamini sintezlanadi.
Jigarning eng asosiy funksiyalaridan biri - uning pigment 
almashinuvida qatnashishidir.
Odatda qonda jigardan o’tmagan bilirubin aylanadi. Eritrositlarning 
yashash davri o’rtacha 100-120 kun bo’lib, bir sutka davomida 0,8-1% 
eritrositlar yangilanib turadi. Eritrositlarning yemirilishidan hosil 
bo’lgan gemoglobinning 65-80 foizi yangi eritrositlarning sintezlanashi 
uchun sarflanadi, qolgan 20-35 foizi esa globin va gemotinga 
parchalanadi. Gemotin suyak iligi, taloq, limfa tugunlari va jigarda 
retikuloendotelial xujayralar tomonidan bog’lanmagan (erkin holdagi) 
bilirubinga aylanadi va gepatositlarda glyukuroniltrans-ferazalar 
ishtirokida glyukuron kislotalari bilan birikishidan bog’langan bilirubin 
hosil bo’ladi. Bog’langan bilirubin suvda eruvichi va kam zaharli 
hisoblanib, o’t suyuqligi bilan birgalikda o’nikki barmoqli ichakka 
ajraladi va uning parchalanishidan hosil bo’lgan urobilinogenning bir 
qismi qonga so’rilib, urobilin holida siydik bilan ajraladi. 
Urobilinogenning qolgan qismi ichaklarning keyingi bo’limlarida 
sterkobilinga aylanib, tezakga o’ziga xos rang beradi. Sutkasiga sog’lom 
otlarda 600 mg, qoramolda – 400 mg, qo’ylarda – 40 mg, cho’chqada – 
40-60 mg bilirubin sintezlanadi. Sog’lom otlar qon zardobidagi 
bilirubinning miqdori 0,37-3,14 mg% ni tashkil etishi mumkin. 
Jigarda garmonlarning to’planishi, aktivlashuvi va inaktivasiya 
bo’lishi kabi jarayonlar ham kechadi. Jinsiy garmonlarning sulfat va 
glyukuron kislotalari bilan birikishi ham jigarda kechadi. 
Jigar A-vitamininig ichakdan so’rilishini ta’minlaydi. D, Ye, K 
vitaminlari uchun depo bo’lib xizmat qiladi. V guruhi vitaminlari va RR 
vitamini ham jigarda to’planadi. V
1
vitamini jigarda to’planadi va 
fosforlanadi. Jigar temir, mis, rux almashinuvida asosiy organ bo’lib 
xizmat qiladi. Jigarda qon ivishini ta’minlovchi protrombin va 
fibrinolizin hamda geparin sintezlanadi. Organizmda kislota-ishqor 
muvozanati ham qisman jigarga bog’liq bo’ladi. 


76 
Shuning uchun ham jigarni «Markaziy biokimyoviy laboratoriya»- 
deb atashadi.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish