33
Oqsil yetishmasligi kuzatilganda risiondagi 1 oziqa birligida 100-
110 g hazmlanuvchi protein bo’lishini ta’minlash uchun unga
konsentratlar, beda yoki boshqa dukkaklilar pichani, o’t uni va senaj
kiritiladi.
Karbomid, ammoniy bikarbonat va ammoniy sulfat
preparatlari oziqaga qo’shib guruh usulida beriladi. Bunda qand-protein
nisbatining 0,8:1,1 - 1,2 bo’lishi ta’minlanishi kerak.
Uglevodlar yetishmasligi oziqa va qondagi qand miqdorini laborator
tekshirish orqali aniqlanadi. Uglevodlar yetishmasligi ko’pincha
rasionda qand va xashaki lavlagi, ildizmevalilar, karam va kartoshka
kabi shirali oziqalarning yetishmasligidan
yoki hayvonlarga chirigan,
muzlagan va sifatsiz ildizmevalilarning berilishi oqibatida kelib chiqadi.
Uglevodlar yetishmovchiligining oldini olish maqsadida qish davri
uchun 1 bosh qoramolga o’rtacha 1,5-2 tonna, bo’g’oz cho’chqaga 500-
600 kg, sovliq va qo’chqorlarga 100-150 kg shirali oziqa tayyorlanadi.
Kuniga bir bosh qoramolga 10-15 kg qand lavlagi va 10-15 kg hashaki
lavlagi yoki kartoshka berilganda uglevodlar almashinuvi me’yorida
kechadi.
Vitaminlar yetishmasligi ularning preparatlarini, mineral moddalar
yetishmasligi mineral tuzlarni guruh usulida oziqaga qo’shib
berish
orqali bartaraf etiladi.
Asidoz paytida rasiondagi konsentratlar, barda va jom miqdori
kamaytiriladi, unga ildizmevalilar va achitqilar qo’shiladi. Yayratish va
ultrabinafsha nurlarnidan foydalanish tavsiya etiladi. Tarkibida sirka
kislotasi 30 % dan oshiq bo’lgan silosga ammiakli suv bilan ishlov
beriladi. 10 kun davomida omixta yem yoki suv bilan kuniga 50-100 g
natriy gidrokarbonat, shakar yoki glyukoza beriladi.
Dispanserlashning
uchinchi
- profilaktik
bosqichida tuproq
unumdorligini oshirish, talabga ko’ra ekin maydonlari strukturasini
tuzish, tabiiy yaylovlar va saksovulzorlarni barpo qilish rejalari tuziladi,
yem-xashak tayyorlash, saqlash va hayvonlarga yedirishda veterinariya
nazoratini o’rnatish, yorug’lik,
issiqlik, yashil oziqalardan foydalanib,
qishki oziqlantirish va saqlash sharoitlarini «yozdagiga» yaqinlashtirish,
akusher-ginekologik dispanserlashni tashkil etish, qisir qolish yoki
servis davrining uzayishi sabablarini aniqlash, endometrit va mastit
kasalliklarni
davolash, naslchilik ishlarini yaxshilash, xirurgik va
ortopedik dispanserlash, tuyoq va bug’in kasalliklarini davolash va
oldini olish ishlari amalga oshiriladi.
Dispanserlash chorvachilik xo’jaliklarida yiliga 2 marta,
naslchilik
xo’jaliklarida esa 4 marta o’tkaziladi.