«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

DAVOLASh USULLARI.
Reja:
3.1. Dorilar, davolash vositalari va davolash usuli 
tushunchalari. 
3.2. Davolash usullarining tasnifi va mohiyati.
Mashg’ulotning maksadi: 
Talabalarga dorilar, davolash vositalari 
va davolash usullari to’g’risida tushuntirish va ularni qo’llashning 
mohiyatini o’rgatish. 
Kerakli asbob-uskuna va jixozlar:
Davolash usullari jadvali, turli 
davolash usullariga talluqli davolash vositalari va preparatlardan
namunalar. 


16 
Mashg’ulotning borishi: 
Boshqa kasalliklardagi singari ichki 
yuqumsiz kasalliklarni davolashda ham ma’lum maqsadni kuzlab, ilmiy 
asoslangan davolash orqali maqsadga erishish mumkin. Davolashning 
asosiy 
maqsadi 

kasal hayvonning to’liq sog’ayishi va 
mahsuldorligining tiklanishi hamda to’laqimmatli mahsulot olishdan 
iboratdir. 
Hozirgi zamon veterinariya terapiyasining asosiy tamoyillari 
organizmning tashqi muhit bilan bir butunligi, nervizm, profilaktik, 
fiziologik, komplekslik, faollik yoki ertachi davolash, individuallik va 
iqtisodiy samaradorlik kabi tamoyillarga asoslanadi. 
Organizmning tashqi muhit bilan bir butunligi va nervizm tamoyili. 
I.P.Pavlovning «nevrizm» ta’limoti odam va hayvonlar kasalliklarining 
rasional profilaktikasi hamda terapiyasiga fiziologik asos soladi. Ya’ni, 
olim ning ta’kidlashicha, «har bir kasallikning rivojlanishi va sog’ayishi 
organizmning reaktivlik qobiliyatiga bog’liq, reaktivlik esa asab 
tizimining holati bilan belgilanadi». 
S.P.Botkin: «kasallikni emas, kasal organizmni davolash kerak», 
«kasallikning patogenezida nerv tizimining alohida o’rni bor» deb
ta’kidlaydi. Shuningdek, I.M.Sechenev «Organizm o’zining borligini 
ta’minlovchi tashqi muhitsiz yo’q narsadir, shuning uchun ham 
organizmga ta’rif berishda albatta tashqi muhitni yoddan chiqarmaslik 
kerak» degan xulosaga kelgan. 
Demak, terapiyaning ushbu tamoyilini shunday ifodalash mumkin: 
Kasallikning paydo bo’lishida organizmni o’rab to’rgan tashqi muhit 
sharoitlari va asab tizimining holati eng asosiy o’rinlarni egallaydi. 
Shuning uchun kasallikni davolashda organizmni bir butunligi va uning 
tashqi muhit bilan aloqadorligi tamoyiliga amal qilinib va asab 
tizimining holatini hisobga olgan holda ish yuritilishi kerak. 
Faollik
yoki ertachi davolash tamoyilining mohiyati shundan 
iboratki, kasallikni davolash hali organik o’zgarishlar kuzatilmagan 
yashirin davrida, ya’ni faqat funksional o’zgarishlar kuzatilgan paytda 
boshlansa hayvonning tezroq sog’ayishi kuzatiladi. Faollik tamoyili 
«profilaktik davolash tamoyil» - deb ham yuritiladi. Chunki, bu usulda 
yashirin davrda kechayotgan modda almashinuvi buzilishlari parxez 
oziqlantirish, yayratish, vitamin va mineral aralashmalar, ultrabinafsha 
nurlarni qo’llash bilan guruhlab profilaktik davolanadi.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish