«veterinariya farmatsevtikasi» kafedrasi


Dorilarning farmakodinamik o‘zaro ta’siri



Download 302,98 Kb.
bet6/120
Sana13.06.2022
Hajmi302,98 Kb.
#666319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
Dorilarni o\'zaro ta\'sir xususiyatlari Majmua 2021

Dorilarning farmakodinamik o‘zaro ta’siri
Ta’sir qilish joyiga qarab farmakodinamik ta’sirlar shartli ravishda spetsifik qurilmalarga (sezuvchan qurilmalar uchun kurash, ta’sir qilish joyida dorilar kinetikasining o‘zgarishi, mediatorlarga ta’siri, maxsus qurilmalar sezuvchanligining o‘zgarishi) ta’siri, yoki organizm fiziologik boshqaruv tizilmalariga ta’siri ko‘rinishida yuz berishi mumkin.
Retseptor uchun kurashda bir tomonlama (agonistlar) yoki qaramaqarshi yo‘nalishda (antagonistlar) ta’sir qiladigan dori moddalari bir vaqtda yuborilgandagi ta’siri misol bo‘lishi mumkin. Alfaadrenoretseptorlarni fentolamin falajlashi natijasida adrenalin past qon bosimini ko‘taruvchi ta’sir qilishi yoki, aksincha, qon bosimini pasaytirishi mumkin.
Yurak ishemik kasalligi va bronxospazm bor bemorlarga bir vaqtning o‘zida betaadrenoqurilmalarni falajlovchi va faollovchi moddalar yuborilganda dorilar ta’sirining butunlay kamayishi kuzatilmaydi, chunki yuborilgan dorilar turli tipdagi (ko‘rinishdagi) betaadrenoqurilmalarga ta’sir qiladi hamda betaadrenofalajlovchi moddalar betaadrenoqurilmalar bilan kuchli bog‘langanligi sabab bo‘ladi.
Doriga sezuvchan qurilmalarda bir vaqtda yuborilgan ikki yoki undan ortiq dorilar biri ikkinchisini faol bo‘lmagan qismi bilan bog‘lanishiga (kinetikasiga) ta’sir qilishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar tomonidan guanetidinning gipotenziv ta’sirini susaytirishi bunga misol bo‘lishi mumkin.
Dorilarning mediator atrofidagi o‘zaro ta’siri. Qo‘zg‘atuvchi mediatorga ta’siriga qarab dorilarni bunday o‘zaro ta’siri 3 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Virinchi ko‘rinishi. Viror dori ykkynchy dori ta’sirida ishtirok etadigan mediatorning tarqalishini, transportini, metabolizmini yoki uning bog‘lanishini buzishi mumkin. Masalan, bir vaqtda rezerpin va monoaminooksidaza falajlovchilarini yuborish. Rezerpin mao buzadigan katexolaminlar ajralib chiqishini osonlashtiradi, ularning zahirasini kamaytiradi. Mao falajlovchilari katexolaminlarni buzilishdan saqlab, ularning miqdorini ko‘paytiradi, bu esa qon bosimining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.
Ikkinchi ko‘rinishi biror dori mediatorni uning maxsus sezuvchi mos kelmagan qurilma bilan o‘zaro ta’sirini buzishi mumkin. Qalsiy ionlari uchun o‘tkazuvchanlikni buzuvchi aritmiyaga qarshi dorilar — lidokain va verapamil orasidagi o‘zaro ta’sir bunga misol bo‘ladi.
Uchinchi qo‘rinishida dori moddasi organizmdagi fizologik jarayonni birinketin falajlaydi. Masalan, simpatik asab tizilmasining turli qismlarining faolligiga ta’sir qiluvchi klonidin va ganglioblokatorlarni bir vaqtda ishlatish.
Maxsus sezuvchi qurilmalarning o‘zgarishi ikki turda bo‘lishi mumkin: dori effektor hujayra yoki a’zolarda joylashgan ikkinchi bir dori uchun nishonhujayralarga ta’sir qilib, ularning sezuvchanligini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, ftorotan yoki siklopropan narkozi vaqtida yurak mushagining adrenalinga sezuvchanligining ortishi, diuretiklar kiritilganda ionlarning kamayishi (gipokaliyemiya) natijasida yurak mushaklarining yurak glikozidlariga sezuvchanligining o‘zgarishi.
Sezuvchi qurilmalarning ikkinchi tur o‘zgarishi (masalan, yurak glikozidlari va rezerpin ishlatilganda yurak urishlari sonining kamayib ketishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin).

Download 302,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish