Vertual-olam-muallif-orzu-0515. docx pdf


partaldan o'tish qiyin kechadi. Navbatma-navbat o'tishga esa vaqt yo'q



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana03.10.2022
Hajmi0,72 Mb.
#851177
1   2
Bog'liq
vertual-olam-muallif-orzu-0515.docx


partaldan o'tish qiyin kechadi. Navbatma-navbat o'tishga esa vaqt yo'q. 
Partal ochilgach bu yerdagi barcha sun'iy onglar, ya'ni akam yaratgan 
bir guruh yovuz kuchlar real olamga hujum qilishga urunadi. Ular yetib 
kelmasdan avval o'tib olishingiz kerak. Hamma tushungan bo'lsa omad! 
- Orzu shunday deya Begzoddan kichik qafasni oldi.
— Sen nima qilasan? - dedi Shohista qiziqib
— Menmi? Men akamni yo'q qilib orqangizdan yetib olaman! Akam 
o'lgach partalni qayta ochishga kuchim yetadi - dedi Orzu samimiy 
jilmayib
— Yaxshi unda omad! - dedi barcha birvarakayiga
Begzod negadir Orzuning gaplaridan shubxalandi. Ammo Orzu unga 
e'tibor bermay yugurgancha tepaga ko'tarilib ketgach noiloj qolganlarga
yordam berishga kirishdi. Zulfiya, Nargiza, Feruza, Rayhon, Iroda, 
Shohista, Begzod, Dovud, Feruz, Jamshid, Javohir va Asad birgalikda 
katta va boshqalaridan farqli yumaloq shaklda qurilgan zindonni o'rab 
turgan zanjirlarni sehr yurdamida uzishga harakat qila boshladi.
**********
Orzu qayta tajriba xonasiga ko'tarilarkan, endi kiray deb qolganida 
xonada "kichik" portlash sodir bo'ldi. Bundan havotiri battar oshgan 
Orzu tezlik bilan xonaga otilib kirdi va "kichik" portlash sabab yerda 
mayda-mayda bo'laklarga bo'linib ketgan Snakening tanasini ko'rib 
ko'zlaridan marjon yoshlar oqib chiqdi. Ammo hozir hislarga erk berib 


bo'lmasligini eslab tezda Begzod olib kelgan kichik qafasni ochib, undagi
kichik qora ilonni tashqariga chiqardi va yana o'sha tushunarsiz tilda 
nimalardir deya boshladi. U nima qilayotganini Alixan hali anglab ham 
ulgurmasidan kichik ilon Alixanning ustiga o'rmalay boshladi. Har nima 
qilmasin ilon nari ketish o'rniga bo'yniga tirmalashib olgach, Alixan endi 
baqirmoqchi bo'lib og'zini ochganida haligi kichik qora ilon uning og'ziga
kirib ketdi. Orzu esa hali hanuz ko'zlarini yungancha qandaydir joduni 
o'qib turardi. Nihoyat u ko'zlarini ochgach, shundog'am "Angelus" 
kuchini berganidan keyin qoraga aylangan ko'zlari, yanayam tim qora 
tus olib, ko'zining hech qanaqa oq joyi qolmadi. Kichik qora ilon esa 
Alixanning og'zidan kirib ketgach ichki tomonlama Alixanning barcha 
organlarini yeyishga kirishdi. Bundan kuchli og'riq his qilgan Alixan 
ancha payt baqirgancha Orzudan kechirim so'rab, yordam berishini 
yalinib-yolvordi. Ammo Orzuni ayni damda "Diaboli" boshqarayotgani 
sabab hech qanday yordam bermadi. Aksincha uning azoblanishidan 
rohatlangancha miriqib kuldi. Kichik qora ilon Alixanning ichki azolarini 
butkul kemirib qayta tashqariga chiqqach, undagi yagona qizil ko'zlar 
ham qoraga aylanganini ko'rgan Orzu uning ko'zlariga tikilgancha 
nimalardir degach, kichik ilon o'zini-o'zi kemira boshladi. Nihoyat ilon 
ham Alixan ham narigi dunyoga ravona bo'lgach Orzu qayta Snakening 
maydalangan tanasi tomon o'grildi. Snakening mingdan ortiq 
parchalarga ajralgan tanasiga qarashi bilan Orzu o'zidagi bor kuchuni 
to'plab, tana boshqaruvini "Diaboli" dan qaytarib oldi va Snakening 
parchalangan tanasining bo'laklarini quchgancha ko'z yosh to'kdi. 
************
"Asirlar" zindondagi zanjirlarni endigina uzib ichkarisiga kirganlarida 
zindon ichidan kuchli yorug'lik taralib real hayotga o'tuvchi yo'l ochildi. 
Bundan Orzuning Alixanni o'ldirganini anglaganlar anchadan buyon ilk 


bor rostmanasiga sevinishdi va bir-birlarining qo'lidan mahkam 
tutgancha partaldan o'tib ketishdi.
***********
Tajriba xonasida hamon Snakening maydalangan tanasini quchgancha 
yig'layotgan Orzu yaqin atrofda sun'iy onglarning yoqimsiz ovozlarini 
eshitib tezda o'rnidan turdi va bor kuchini to'plab, ancha avval o'qigan 
jodusini o'qiy boshladi. U bilardi... Qurbonlik keltirish orqali yaratilgan 
olamni yo'q qilish uchun ham qurbonlik keltirish kerakligini juda yaxshi 
bilardi... Shu bois ham ko'zlarida qolib ketgan yoshlari bilan tabassum 
qilgancha yana o'sha tushunarsiz tilda nimalardir dedi. Shundan so'ng 
uning tanasidan oq va qora nurlar uchib chiqib, bir muddaq Orzuni 
havoda ko'tarib turdi. Keyin esa nurlar katta tezlik bilan atrofga tarqalib,
Orzuning jonsiz tanasi yerga zarb bilan quladi. Nurlar butun "Vertual 
olam" ga tarqalgach bir zum barcha joy yorishib, keyin huddi hech narsa
bo'lmagandek g'oyib bo'ldi. "Vertual olam" o'yini uchun yaratilgan olam
shu tariqa izsiz g'oyib bo'ldi...
Toshkent. Markaziy shifoxona...
— Doktor, doktor bemorning yurak urushini me'yorlashmoqda! 
Doktor!!! - hamshira hozirgina umidini uzib dafn qilishga 
tayyorlamoqchi bo'layotgan bemori o'ziga kela boshlaganidan 
yaxshigina hayratlandi. 
— Yo Olloh! Mo'jiza! Yaqinlariga xabar bering! - doktor ham 6 oylik 
koma holatidan keyin ko'zini ochgan bemorga hayrat ila qaradi


— S.u..uv.v - ko'zlarini bazo'r ochgan Begzod tepasida o'ziga hayrat ila 
qarab turgan shifokor va hamshiraga yuzlandi.
**********
— Doktor! Doktor yana 11 nafar komadagi bemorlarizmiz ham o'zlariga 
keldi. Doktor! Doktor!
***********
Begzoddan atiga bir necha soniya keyin o'ziga kelganlar tepasida o'ziga 
hayrat ila qarab turgan shifokor va hamshiralarni ko'rib yengil nafas 
olishdi. Bir vaqtning o'zida ancha payt komada yotgan 12 nafar 
bemorning o'ziga kelgani butun shifoxonada shov-shuvga sabab bo'ldi. 
Ularning hech bir sababsiz komaga tushib qolgani, yetmagandek bir 
vaqtda o'ziga kelgani barchani birdek hayratga soldi. Bu voqea ancha 
shov-shuvga aylangach ishni o'rganish uchun politsiya xodimlari ham 
yollandi. Ammo 12 nafar "o'yin ishtirokchi"larining hech biri barchasini 
eslay olishida qaramay hech kimga hech narsa deyishmadi. Necha oy 
koma holitadi bo'lgani bois shifokorlardan tashqari hech kim ularning 
"Eslolmayman" degan bahonalariga shubxa qilmay ishondi. Shu bilan bu
ish yopildi. Qizlar va yigitlar ota-onalari bilan qayta uchrashganidan 
rossa sevindi. Begzod va Zulfiya yetimxonada katta bo'lgani bois ularni 
ko'rgani hech zot kelmadi. Aniqrog'i Begzodni ko'rgani hech kim 
kelmadi. Chunki Zulfiya ko'rishga u bilan ancha avval filmda ro'l 
o'ynamoqchi bo'lgan Shahzod Sultonov kelgandi. Zulfiya uni ko'rib 
rostmanasiga dovdirab qoldi. Chunki u Shahzod Sultonovni doim 
g'oyibona yaxshi ko'rardi. Shu bois uning bu tashrifidan Zulfiya 
yaxshigina hayajonlandi. Qisqa fursat ichida ular shifoxonadan 
chiqishdi. Bu orada Shahzod va Zulfiyaning munosabatlari ancha hatto 
yaxshigina yaqinlashdi. Shahzod Zulfiyaga komaga tushganidan buyon 


doimiy ravishda uni ko'rgani kelib turganini, uni yaxshi ko'rishini 
aytgach Zulfiya butkul shok holatiga tushdi. Kim ham barchaning sevimli
aktyori, yana kelishgan va ko'rkam yigit unga sevgi isxor qilsa 
sevinmaydi deysiz? Yana o'zi ham o'sha insonga oshiq bo'lsa! 
Shunday qilib yengilmas "12 lik" shifoxonadan chiqib olgach, Begzod 
"Vertual olam" da vaqt real olamga nisbatan sekin o'tishini, shu bois bu 
yerdagilar "necha oy" komada yotdingiz deb hayratlanganini tushuntirib
berdi. Qolganlar Orzu haqida so'ragach esa ularga bir paytlar Orzu 
aytgandek, "Qurbonlik ila bunyod bo'lgan olamni yo'q qilish uchun ham 
qurbonlik keltirish kerak. U o'zini qurbon qildi..." deya javob berdi. Bu 
xabarni eshitgach barchaning yuzini bir zum mayuslik qobladi. Ammo 
ko'p o'tmay Shohista "Orzu yaratgan olamdagilarga nima bo'ldi?" deya 
so'ragach hamma yana realga qaytib Orzu mavzusini unutdi. Begzod esa
shunchaki, "Orzuning olamidan realga qaytish yo'li bor. Nurbek, Rashid, 
Iskandar, Shahzod, Ali va Riya ya'ni Robiya allaqachon realga qaytgan. 
Hatto Ali va Robiya farzandli ham bo'lishgan!" deya javob qildi. Shundan
keyin hamma o'z yo'lidan ketdi. Faqat ora-orada yig'ilib turadigan 
bo'lishdi. Shohista Asadning rostdan ham "ishbilarmon" ekanligini 
bilgach barcha kesatiqlari bekor ketganiga birozgina xafa bo'lib qo'ydi, 
ammo shundayam Asadni "ishbilarmon" deya kesatishni kanda qilmadi. 
Shu-shu yigitlar qizlarga, qizlar esa yigitlarga o'zlari haqida to'la-to'kis 
aytib berdi. Oradan vaqtlar o'tgani sari ularning oralaridagi 
munosabatlar ham yanada mustahkamlanib bordi.
3 oydan so'ng...
"Sehrli olam" qahvaxonasiga jam bo'lgan bir guruh insonlar bu yerga 
nega kelganini bilmay halak bo'larkan Zulfiya o'rnidan turib, barchaning 
e'tiborini o'ziga qaratdi.


— Hullas azizilar sizlar bilan oz bo'lsada ajoyib damlarni birga 
boshimdan o'tkazganman! Shunday ekan bunday ajoyib kunda yonimda
bo'lishingizni istadim! - dedi Zulfiya quvonchdan ko'zlari porlab
— Qanday kun? - dedi Shohista sabrsizlanib
— Bezoriginam sabr qil, qara qanday xursand! - dedi Asad jilmayib 
— Senga nechchi marta aytish kerak meni "Bezoriginam" dema deb? - 
dedi Shohista hunobi oshib
— Shohista nega jahl qilasan? U haq! Sen rostdan ham "Bezori" san. 
Men ham Feruzani "Beozorginam" deyman! Chunki u rostdan ham 
juda-juda-juda beozor - dedi Feruz kulib. Uning bu gapidan Feruzadan 
tashqari barcha kulib yubordi, birgina Feruza ensasini qotirib ters qarab 
oldi. 
— Ana arazlab ham oldi! - dedi Feruz hamon kularkan
— Hey bolalar! Bas qiling! Axir men sizlarni to'yimga taklif qilish uchun 
bir joyga to'pladim - dedi Zulfiya quvnoq ohangda
— Nimaaa?
— Qanaqa to'y?
— Kim bilan? 
— Qachon?
— Nega biz endi xabar topyapmiz?
Zulfiyaning bu gapidan barcha shunga o'xshash savollar ila undan javob 
talab qilarkan, Begzod shunchaki tabriklayman deb qo'ydi va Orzu 
aytgan so'nggi ishni qilishga tayyorgarlik ko'ra boshladi.


" Ancha avval... Vertual olam...
— Begzod sizdan bir narsa iltimos qilsam maylimi? - dedi Orzu o'ychan
— Ho'sh? - dedi Begzod hayron 
— Realga qaytgach o'sha o'zingiz aytgan Nozimaga uylanasizku 
to'g'rimi? - dedi Orzu jiddiy tortib
— Bilmasam?! Agar u turmushga chiqib ketmagan bo'lsa ha! - dedi 
Begzod kulib
— Ho'p o'sha payt, hullas realga qaytganingizdan keyin uni boshqa 
"Nozi" deb atamang maylimi? - dedi Orzu unga qarab
— Nega? - dedi Begzod hayron 
— Shunchaki menga yoqmaydi - dedi Orzu yelka qisib
— Shoshmachi, meni singlim akasini rashk qilmayaptimi mobodo? - 
dedi Begzod kulib
— Pfff men sizga o'sha qizga uylanmang demayapman! Shunchaki 
"Nozi" demang deyapman! - dedi Orzu ensasi qotib
— Istasang uylanmasligim mumkin! - dedi Begzod hamon kularkan
— Asabimni buzmang! O'sha "Nozi" yingizga uylanasiz va boshqa uni 
"Nozi" demaysiz! Hukm qat'iy shikoyatga o'rin yo'q! - dedi Orzu ham 
kulib, uning bu gapiga Begzod ham kulib yubordi
— Bilasanmi Orzu? - dedi Begzod o'zini kulgudan bazo'r tiyarkan
— Nimani? - dedi Orzu hayron
— Sen mening eng telba do'stim va singlimsan! - dedi Begzod kulib


— Menda u! - dedi Orzu ham kularkan..."
Begzod shularni esga olarkan Nozimaning qo'lini so'rashga tayyorgarlik 
ko'rish uchun davrani tark etdi. Ketish oldidan esa:
— Zulfiya opamdan keyin menikiga ham o'tinglar! - deya ko'zini qisib 
qo'ydi...
Toshkent... Shov-shuvli to'y...
Azim shaharda o'tkazilayotgan mashhur aktyor Shahzod Sultonov va 
Zulfiyaning to'yi uchun deyarli mingga yaqin odam bir joyga jam bo'ldi. 
Ikki sevishgan qalb nikohdan o'tgach, Zulfiya an'anaga ko'ra guldastasini
bir guruh dugonalariga otmoqchi bo'lganida qolgan qizlar qatorida 
Nargiza, Shohista, Feruza, Rayhon va Iroda ham restoran markazidan 
joy oldi. Zulfiya bir zum butun restoranga ko'z yugurtirib chiqqach 
ayyorona jilmaygancha orqasiga o'girilib guldastasini otishga hozirlandi. 
Ammo aynan shu payt butun restorandagi chiroqlar o'chib hamma yoq 
zulmatga burkandi. Bundan hamma tashvishlana boshlagan bir payt 
restoranning besh burchagidan chiroqlar yonib, har bir burchakdan 
Dovud, Asad, Feruz, Jamshid va Javohir qo'llarida bir dasta gul 
ko'targancha chiqib keldi. Eng avval Dovud Nargizaning oldiga borib, 
gulini tutqazdi va
— Nargizam, hamisha o'zgalar g'amini o'ylab o'zini kattalardek tutishga 
urunuvchi mening mittivoyim! Umrimning qolgan qismida men bilan 
doimiy birga bo'lib, so'nggi nafasingga qadar menga vafodor yor 
bo'lishga rozimisan? - deya kichik qizil qutuda nikoh uzugini tutgancha 
Nargizaning poyiga tiz cho'kdi. Nargiza esa xursandligidan ko'zlari 
porlab, sekingina "Ha" deya javob qildi. 


Undan keyin Jamshid Rayhonning oldiga kelib o'z gulini uning qo'liga 
tutqazdi va
— Mening ayyorlikda tengsiz mushukcham, jahldor quyoncham! 
Umrimning so'ngigacha yonimda bo'lib, hamisha faqat va faqat menga 
zaxringni sochib yashashga rozimisan? - dedi Jamshid ham uning poyiga 
tiz cho'kkancha nikoh uzugini tutdi. Rayhon esa guldasi bilan 
Jamshidning boshiga bir urib,
— Bir mushukcham, bir quyoncham deysan. Nima men sening ko'zingga
hayvon bo'lib ko'rinamanmi axmoq! Roziman albatta! - dedi kulib, uning
bu gapidan nafaqat Jamshid balki butun to'yga yig'ilganlar ham kulib 
yubordi. 
Markazdan chiqib kelgan Feruz ham Feruzaning yoniga kelib unga o'z 
guldastasini tutqazgancha poyiga tiz cho'kib
— Beozorginam! Nafaqat bu dunyo, balki Jannatlarda ham hamisha 
mening "beozorginam" bo'lishga rozimisan? - dedi samimiy 
jilmaygancha ko'zini qisib qo'yarkan. Feruza uning bu "beozorginam" 
deganiga g'ashi kelgan bo'lishiga qaramay boshini tasdiq ma'nosida 
tasdiqlagancha rozilik berdi.
Undan keyin Javohir ham Irodaning oldiga borib, boshqalarnikidan 
farqli bo'lgan o'zining moviy atirgullarini Irodaga tutqazdi. So'ngra 
qolganlar kabi uning poyiga tiz cho'kib 
— Irodam, mening zehni o'tkir adabiy sevgim sohibasi! O'zing aytgan 
yaqinlaring safiga butun umrga kirishimga ijozat berasanmi? Hamisha 
yoningda bo'lib, quvonchingga sherik, dardingga malham bo'lishimga 
rozimisan? - deya o'zi olgan nikoh uzugini unga uzatdi. Iroda ham 
bundan sevingani bois boshqalar kabi rozi bo'ldi.


Va nihoyat Asad ham o'zining sevgam yori tomon odimlarkan, unga 
o'z gulini tutqazib, poyiga tiz cho'kdi va
— "Bezoriginam" yaxshi, yomon kunlarimda doimo yonimda bo'lib, 
barcha-barcha sho'xliklaringni faqatgina menga bag'ishlashga, 90 ga 
kirib, miyyam aynib qolgan bir paytda ham, mening yonimda bo'lishga 
rozimisan? - dedi Asad kulib, Shohista esa unga qarab
— 90 ga kirmagan bo'lsang ham miyyang aynib yotibdi-ku ha mayli 
roziman "Ishbilarmonim" - dedi kulib. Uning bu gapidan barcha kulib 
yubordi.
Nihoyat beshshala qiz ham rozi bo'lgach yigitlar birvarakayiga 
o'rinlaridan turib, qizlarni ko'targancha aylantirishdi. Shundan so'ng ajib
restoran bo'ylab ajoyib vals musiqa sadolari yangradi va sahnaning qoq 
markazida Shahzod va Zulfiya, ularning atrofida Dovud va Nargiza, Feruz
va Feruza, Jamshid va Rayhon, Javohir va Iroda, Asad va Shohista 
birgalikda ajoyib tarzda vasl tusha boshladi. 
Taniqli aktyor Shahzod va Zulfiyaning to'yi ancha payt insonlar 
orasida shov-shuvga aylandi. Buning birinchi sababi taniqli aktyor va 
endigina yulduzlar olamiga qadam bosgan husnda tengsiz Zulfiya va 
Shahzod Sultonovning to'yi ekanligi bo'lsa, ikkinchi sababi mashhur 
tadbirkorlarning yakkayu-yagona qizlari Nargiza Baxodirovna, Feruza 
Abduхalikovna, Iroda Abdufattohxo'jayevna, Rayhon Sharofiddin qizi va 
Shohista
Jahongirovnalarning qo'lini boks bo'yicha jahon chepioni unvoniga 
erishgan taniqli sportchi, ishbilarmonlar Dovud Davronovich, Feruz 
Farhodovich, Javohir Javlonovich, Jamshid Jo'rayevich va Asad 
Akbarovichlarning so'ragani bo'ldi. Ushbu kun bir juftlikning, bir oilaga 


aylangan va yana besh nafar juftlikning birlashgan kuni sifatida 
barchaning yodida qoldi. 
To'yga ulardan tashqari Ali va Riya ( Robiya ), Shahzod, Iskandar, 
Rashid va Nurbeklar ham taklif etildi. Zulfiyaning to'yi o'tgach, Begzod 
va Nozimaning ham to'ylari bo'lib o'tdi. Qolgan besh nafar juftlikning 
to'ygacha va umrimning ohirigacha bo'lgan voqealarga kelsak???? 
Bunisi endi boshqa hikoya... 
*********
Nihoyat butun tunni kitob o'qish bilan tongga ulagan sochlari jigarrang, 
yuzlaridan nur ufurib turuvchi qiz kitobini yopib, tungi chirog'ini o'chirdi 
va kimgadir qo'ng'iroq qildi-yu, yuz qo'llarini yuvib, kitobini qo'liga 
olgancha qayergadir shoshib chiqib ketdi. Ma'lum vaqtdan so'ng o'sha 
o'zi kitobda o'qigan "Sehrli olam" qahvaxonasiga yetib kelarkan, o'ziga 
juda tanish bo'lib qolgan chehrani ko'rib, oldiga yugurib bordi. U bilan 
quchoqlashib ko'rishar ekan vaqtni cho'zmay maqsadga o'tish uchun, 
qo'lidagi kitobni stol ustiga qo'ydida hamrohiga yuzlandi:
— Melegim, butun boshli bir tunni sizning "Vertual olam" nomli 
kitobingizni o'qishga sarfladim. To'g'risi judayam ajoyib, menga 
doimgidek yoqdi. Avval ham aytganimdek siz men uchun eng zo'r 
yozuvchisiz! Umuman olganda tasurotlarim juda ko'p, ammo men siz 
kabi so'zga usta emasman! Bu yerga sizdan bir narsa so'rash uchun 
chaqirgandim! - dedi u qarchisida o'tirgan moviy ko'zli qizga termulib
— Ho'sh? Mening mitti farishtam nimani bilmoqchi? - dedi u jilmayib
— Opa nega besh qizning sevgi tarixi keng yoritilmagan? Ya'ni ularning 
shunaqa qisqa fursatda va bir vaqtda bir-birlarini sevib qolishi fantastika


emasmi? Bundan tashqari ular bir juftgina emas, naqt besh juft bo'lsa? -
dedi Xushnoza o'ychan
— Xushnozam, balki bu sen aytganingdek fantastikadir, balki bir 
ko'rishda sevgidir, balki tasodif, yoki taqdir hazilidir... Anig'ini 
bilmadim... Ammo shuni bilamanki sevgi hech qachon qalblarimizga 
eshik qoqib kelmaydi... - dedi u mayin jilmayib
— Ho'p buni tushundim, ammo Orzu nega bu taqlid ya'ni hech kimning 
e'tiborisiz o'lib ketdi? - dedi Xushnoza mayus tortib
— Bunisini bilmadim... Shunchaki shuni xohladim deya qolamiz ho'pmi? 
- dedi u kulib
— Ho'p, nima bo'lgan taqdirda ham ajoyib kitob uchun raxmat Orzuyim!
- dedi Xushnoza mayin tabassum qilgancha 
— Arzisan mittivoy! - dedi Orzu ham unga javoban jilmayarkan...
Hikoya haqida muallifdan...
"Vertual olam" hikoyasini boshlar ekanman men aslida bu so'z 
"Virtual" deya yozilishini bilmagandim. Bilgach esa hikoya 
nomini o'zgartirishni xohlamadim, shu bois shunchaki hikoya 
orasida to'g'irlab ketishga harakat qildim. Balki ko'pchilik sezgan
ham bo'lishi mumkin, shunday bo'lsada hikoyaning kelib chiqish
tarixini aytib bermoqchiman. Hullas bu hikoyani boshlar 
ekanman #Angel ( Dinora ) opamning "Qaltis o'yin" nomli 


asariga o'xshash, biror o'yin haqida bo'lgan hikoya yozishni 
istadim. Bundan keyin #Ledy_B ( Barno ) opamning "Yetti qiz, 
yetti taqdir" asaridagi kabi, besh qizning o'yin ichidagi hayotini 
yoritib bermoqchi bo'ldim. Albatta u payt qo'shimcha 
qahramonlar ham paydo bo'lishini bilmagandim... Undan so'ng 
esa #Ожерелье ( Marjona ) opamning men sevgan "Asaldayin 
zaharim" 4 bo'limdan iborat asaridagi kabi qahramonlarimga 
turli ranglarda sehr qilish qobilyatini berdim. Hullas shunday 
o'zimga yoqqan asarlardan olingan kichik-kichik detallar orqali 
o'zimning "Vertual olam" nomli hikoyamni yozdim. Balki meni 
tanqidchi yoki ko'chirmachi dersiz... Buni ahamyatsiz. Shunchaki
qimmatli vaqtingizni ketqazib arzimas hikoyamni o'qiganingiz 
uchun raxmat. Kamtarona mehnatimga nisbatan o'z 
fikrlaringizni bildirsangiz juda xursand bo'lardim...
Sizlarga cheksiz hurmat ila @Orzu_0515
TAMOM.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT! 

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish