Gaplarni ko‘chiring, zidlov bog‘lovchilarini aniqlab, ularning
gapdagi vazifalarini tushuntiring. Navro‘z haqida bilganlaringizni aytib
bering.
1. Mamlakatimizda bayramlar ko‘p, lekin Navro‘zning taro-
vati, shukuhi o‘zgacha. (D. Hayitova) 2. Ma’nisiz hayot kechirish
yomon turmush kechirish degani emas, ammo sekin-asta o‘lish
demakdir. (Demokrit) 3. Yo‘qchilik g‘ayratli, ishchan odamning
eshigidan mo‘ralaydi-yu, ichkariga kira olmaydi. («Hikmat-
noma»dan) 4. Dunyoda kasblar ko‘p, biroq odamiylik kasbi
hammasidan ulug‘dir. (Gazetadan) 5. Vaqt tig‘iz-ku, lekin ancha
turgim bor. (Mirtemir) 6. Qancha yo‘llar bosdim, gohida toldim,
Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard. (Mirtemir)
200-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |