127-mashq.
O‘zingizga yoqqan badiiy asardan kichik bir matnni
ko‘chirib yozing. Matndagi kelishik qo‘shimchalarining tagiga chizing.
Savol va topshiriqlar
1. Qaratqich va qaralmish deb nimaga aytiladi?
2. Qanday holatlarda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi tushib qol-
maydi? Misollar bilan izohlang.
3. Qaratqich kelishigidagi so‘z qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
128-mashq.
Uyga vazifa. «Mening orzum» mavzusida kichik hikoya
tuzing. Qaratqich kelishigidagi so‘zlarning tagiga chizing.
TUSHUM KELISHIGI SHAKLI
1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga mos kelishik qo‘shimchalarini
qo‘ying.
Kitob... o‘qimoq, olma... yemoq, qalam... bermoq, xat... chiroyli
yozmoq, suv.... simirib ichmoq.
2-topshiriq. Tushum kelishigi qo‘shimchasini olgan so‘z bog‘lan-
gan fe’lning o‘timli yoki o‘timsizligini aniqlang.
Tushum kelishigi shaklini olgan so‘z doimo o‘timli
Do'stlaringiz bilan baham: |