Savol va topshiriqlar
1. Matndagi asosiy fikrni belgilashda nimaga e‘tibor berish kerak?
2. Qayta hikoyalash deganda nimani tushunasiz?
302-mashq.
Uyga vazifa. Otangiz yoki onangizdan eshitgan biron bir
voqeani qayta hikoya qilib bera olasizmi? Shu haqda sinfdoshlaringiz bilan
o‘rtoqlashing.
TASVIRIY MATNNI QAYTA HIKOYA QILISH
1-topshiriq. Yoningizda birga o‘tirgan sinfdoshingizning tashqi
ko‘rinishini tasvirlab bering. Uning boshqa sinfdoshlaringizdan farqli
tomonlarini ayting.
2-topshiriq. Matnni o‘qing. Gap nima haqida ketayotganini toping
va o‘zaro muhokama qiling.
Dunyoviy bilimlar, adabiyot, umuman, har qanday san’at
eshigiga yo‘l mana shu milliy boylikni anglashdan, o‘zingga,
ruhiyatingga singdirishdan boshlanadi. (Jabbor Eshonqul)
Do'stlaringiz bilan baham: |