83
KO‘MAKCHILAR BILAN BIRGA KELGAN
SO‘ZLARNING SHAKLLARI
1-topshiriq. Berilgan ko‘makchilarning qaysi kelishik shakllaridagi
ismlar bilan qo‘llanilishini aniqlang.
Sen bilan, oy kabi, gul singari, o‘qish uchun, borgan sari, o‘qigan
sayin, daryo bo‘ylab, aytishiga ko‘ra, shunga qaramay, mehnatiga
yarasha, qarorga asosan, hayotga doir, o‘qishdan so‘ng, tushdan
keyin, va’daga muvofiq, bundan bo‘lak.
Bilan, kabi, singari, uchun, sari, sayin, bo‘ylab kabi
ko‘makchilar, asosan, bosh kelishik shaklidagi ismlarga
qo‘shiladi.
Ko‘ra, qaramay, yarasha, asosan, doir, muvofiq kabi
ko‘makchilar jo‘nalish kelishigi shaklidagi ismlarga
qo‘shiladi.
Tomon ko‘makchisi bosh va jo‘nalish kelishigi shakli-
Do'stlaringiz bilan baham: