Vazifadosh ko‘makchilar: ost, yon, ust, old, orqa,
ro‘para, qosh ot so‘z turkumidan, oldin, avval, keyin,
so‘ng, tomon ravish so‘z turkumidan, bo‘ylab, qarab,
ko‘ra, deya, deb, atab fe’l so‘z turkumidan hosil bo‘lgan.
Bunday so‘zlar ko‘makchi vazifasida kelganda, o‘z ma’-
nosini yo‘qotadi, shuning uchun ma’lum so‘roqqa javob
bo‘lmaydi. O‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birgalikda bitta
so‘roqqa javob bo‘ladi.
164-mashq.
Ich, o‘rta, qarab, ust so‘zlarini qatnashtirib gaplar tuzing.
Bunda berilgan so‘zlar avval ko‘makchi vazifasida, keyin mustaqil so‘z
vazifasida qo‘llansin. Ularning farqini tushuntiring.
♦
♦
♦
♦
♦
165-mashq.
Berilgan ko‘makchilarning sof yoki vazifadoshligini
aniqlab, jadvalga joylashtiring.
Bilan, sari, kabi, tomon, uchun, ko‘ra, bo‘ylab, keyin, haqida,
sababli, ichida, oldida, to‘g‘risida, qadar, qarab, qarshi, tufayli,
sayin.
Do'stlaringiz bilan baham: |