Ekspert varag’i № 1.
1. Tashkiliy munosabatlarning asosi nimadan iborat?
2. Jamiyatdagi barcha mavjud tashkiliy munosabatlarning ikki xil ma’no kasb etishi
deganda nimani tushunasiz?
Javobingizni izohlab bering.
Ekspert varag’i № 2.
1. Rasmiy tashkillashtirish asosi nimalardan iborat?
2. Zamonaviy menejmentda tashkiliy munosabatlarning ahamiyatini ortib borishiga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering?
Javobingizni izohlab bering.
Ekspert varag’i № 3.
1. Ijtimoiy menejment tamoyillarini amalga oshirish uchun qanday ilmiy uslublarni qo’llash muhim?
2. Boshqaruvning asosiy funktsiyalariga nimalar kiradi?
Javobingizni izohlab bering.
Ekspert varag’i № 4.
1. Ijtimoiy menejmentning tizimining asosiy elementlarini sanab bering. Ular
orasidagi mavjud aloqa qanday?
2. Boshqaruv kadrlarining guruhlarga bo’linishi nimaga asoslanadi?
Javobingizni izohlab bering.
«Korporativ madaniyat yoki samaradorlik»?
P.Anvarov, kompyuterlar savdo qiladigan kompaniyaning marketing bo‘limida rahbar bo‘lib ishlaydi. Bozor to‘lgan, raqobat keskinlashgan, savdo hajmi pasaygan.
Uning savdo vakillari komandasida, asosan oilasiz 25-30 yoshdagi insonlar band. Mijozlarni ushlash va yangi mijozlarni jalb etish uchun ular ko‘p, hattoki dam olish kunlari xam ishlar edilar.
Bir necha vaqt avval 35 yoshli Anvarov o‘z bo‘limiga 37 yoshli, 6 yoshli bolasini bir o‘zi tarbiyalaydigan, kompyuter texnikasi marketingi bo‘yicha tajribali mutaxassisni, Laylo Umarovani ishga olgan edi.
Etarlicha ko‘p ishlayotgan Umarova haftasiga 45 soatdan ko‘p va dam olish kunlaridan voz kechish ilojisi yo‘q edi. Qolganlar esa (bolasi yo‘qlar) unga qaraganda ko‘proq ishlashar edi, Umarovadan esa uncha mamnun emasdilar.
Oxiri borib, shunday bo‘ldiki, Umarova ish borasida hammadan orqada qoldi, faoliyat ko‘rsatkichlari past.
SHunda gurux menejeri 29 yoshli I.Salimova Anvarovdan Umarovani bo‘shatishini talab etadi.
Anvarov qanday yo‘l tutish kerak.
Albatta, kompaniya etarli bo‘lmagan darajada ishlayotgan xodimlarni ushlab turishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Lekin Anvarov shunga aminki, Umarova yaxshi mutaxassis va yaxshi munosabatga loyiq. Ikki bolaning otasi sifatida uni yaxshi tushunadi.
Bundan tashqari rahbariyat tomonidan xodimlarga oila qadriyatlari haqida ko‘p gapirilgan.
Bu tasdiqlar quruq gap bo‘lib qolaveradimi?
Vazifa
1. Vujudga kelgan nizo xarakterini aniqlang va vaziyatni tahlil qiling.
2. Ushbu muammoni echish uchun qanday har-xil takliflar berar edingiz?
3. Anvarovni o‘rnida bo‘lganingizda qanday qaror qabul qilgan bo‘lar edingiz.
Javobingizni asoslang.
Nazorat savollari 1. Ijtimoiy menejment tizimining asosiy elementlarini sanab bering.
2. Ular orasidagi mavjud aloqa qanday?
3. Ijtimoiy menejment vazifalarini sanab bering.
4. Ularni tahlil qilib bering.
5. Ijtimoiy menejmentning tashkiliy tuzilmasini xarak-terlab bering.
6. Boshqaruv ob’ektlariga nimalar kiradi?
7. Boshqaruv vazifalari qaysilar?
8. Ijtimoiy menejment vazifalari necha bosqichdan iborat?
9. Boshqaruv tuzilmasi nimalardan iborat?
10. Boshqaruv kadrlarining guruhlanishini qanday ajratish mumkin?