velosiped, motosikl hamda motoreallarda odam va yuklarni tashish qoidalari 3 iyun Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan "Butunjahon velosiped kuni” deb belgilangan. Qonunchilikka muvofiq, velosiped odam kuchi bilan harakatlantiriladigan (nogironlar aravachasidan tashqari) ikki yoki undan ortiq g‘ildirakli transport vositasidir. Yo‘lda velosiped haydab o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi. "Huquqiy axborot" matbuot xizmati yo‘llarda velosipedda harakatlanishga qo‘yilgan talablarni yodga soldi.
Velosipedlar yo‘lning chekkasida imkon qadar o‘ng tomondan bir qator bo‘lib harakatlanishi kerak. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo‘l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.
Yo‘lning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar jamlanmasi yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlaydigan hamda ularni quvib o‘tishni osonlashtiradigan guruhlarga bo‘linishi lozim.
Velosiped tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz bo‘lishi zarur. Qorong‘u vaqtda harakatlanish uchun velosipedning old tomoniga - oq rangli nur qaytargich va chiroq, orqa tomoniga - qizil rangli nur qaytargich va chiroq, yon tomonlariga esa zarg‘aldoq yoki qizil rangli nur qaytargich o‘rnatilishi kerak.
Velosiped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:
rulni bir qo‘lda ushlab harakatlanish;
yo‘lovchi tashish (ishonchli oyoq qo‘ygich bilan jihozlangan qo‘shimcha o‘rindiqda 7 yoshgacha bo‘lgan yo‘lovchini tashish bundan mustasno);
gabaritdan bo‘yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalaqit beradigan yuklarni tashish;
velosiped yo‘lkasi bo‘lgan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanish;
tramvaylar harakatlanadigan yo‘llarda va tegishli yo‘nalishda yo‘nalishlari bittadan ko‘p bo‘lgan yo‘llarda chapga burilish yoki qayrilib olish.
Velosiped haydovchilarining yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya qilmasligi — eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
27.1
Yo'lda velosiped, aravani boshqarish, hayvonlarni haydab o'tish yoki ularni minib o'tish 14 yoshga to'lgan, mopedni boshqarish esa 16 yoshga to'lgan shaxslarga ruxsat etiladi.
27.2
Velosipedlar, mopedlar, aravalarni boshqarish, hayvonlarni minib borish yoki haydab ketish paytida yo'lning chetki o'ng bo'lagida imkoni boricha o'ng tomonidan bir qator bo'lib harakatlanishga yo'l qo'yiladi. Agar piyodalarga halaqit bermasa, yo'l yoqasida ham harakatlanishga ruxsat etiladi.
Yo'lning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, aravalar jamlanmasi, minib olingan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar to'dasi, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlaydigan hamda ularni quvib o'tishni osonlashtiradigan guruhlarga bo'linishi kerak.
27.3
Velosiped tovush bergich moslamasi bilan jihozlangan va uning tormozi soz bo'lishi zarur. Qoronri vaqtda va etarli ko'rinmaslik sharoitida velosipedning old tomoniga oq rangli, orqa tomoniga qizil rangli chiroqcha yoki qizil rangli nur qaitargich, yon tomonlariga esa zarg'aldok yoki qizil rangli nur qaitargich o'rnatilishi kerak.
27.4
Velosiped va moped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:
rulni bir qo'lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno);
yo'lovchi tashish (ishonchli oyoq qo'gich bilan jihozlangan qo'shimcha o'rindiqda 7 yoshgacha bo'lgan yulovchini tashish bundan mustasno);
gabaritdan bo'yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshkarishga halaqit beradigan yuklarni tashish;
velosiped yo'lkasi bo'lgani holda yo'lning qatnov qismida harakatlanish;
tramvaylar harakatlanadigan yo'llarda va tegishli yo'nalishda bo'lagi bittadan ko'p bo'lgan yo'llarda chapga burilish yoki qayrilib olish;
velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish, (velosiped yoki mopedlarga mo'ljallangan tirkamalar bundan mustasno).
27.5
Chorrahadan tashqaridagi harakat tartibga solinmaydigan joyda velosiped yo'lkasida borayotgan velosiped va moped haydovchilari bu yo'lka bilan kesishgan yo'llarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishlari kerak.
27.6
Ot-aravalarda orqaga tisarilib ketishga yo'l qo'ymaydigan tirgaklar va uni to'xtatib turadigan moslama bo'lishi kerak.
Qorong'i vaqtda va etarli ko'rinmaslik sharoitida yo'lda harakatlanayotgan ot-aravaning old tomoniga oq rangli chiroqcha yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroqcha yoki ikkita nur qaitargich o'rnatilishi kerak.
Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yo'ldan ko'rinish cheklangan joylarda yo'lga chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qo'yib yubormasligi kerak.
27.7
Hayvonlar yo'llarda asosan kunning yorug' vaqtida haydab boriladi. Podachilar hayvonlarni mumkin qadar yo'lning o'ng chetidan olib yurishlari kerak.
27.8
Temir yo'l kesishmalari orqali o'tishda podachilar sonini hisobga olgan holda hayvonlar podasi xavf-hatarsiz haydab o'tilishi ta'minlanadigan to'dalarga bo'linishi lozim.
27.9
Aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib yoki haqdab ketayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
yo'llarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish;
podani temir yo'ldan va yo'lda maxsus ajratilmagan joylardan, shuningdek, ruxsat etilgan joylarda esa korong'i vaqtda va etarli ko'rinmaslik sharoitida haydab utish;
hayvonlarni mukammal qoplamali yo'llardan haydab borish;
kukalamzorlashtirilgan joylarda (yo'l, yo'l yoqasi, ajratuvchi bo'lak va h.k.) hayvonlarni boqish va bog'lab qo'yish.