float a[10][20];
E’lon qilingan A matritsani ko‘rinishi 7.2-rasmda keltirilgan.
7.2-rasm. Ikki o‘lchamli massivning xotiradagi joylashuvi
Endi adres nuqtai - nazaridan ko‘p o‘lchamli massiv element-lariga murojaat qilishni ko‘raylik. Quyidagi e’lonlar berilgan bo‘lsin:
int a[3][2];
float b[2][2][2];
Birinchi e’londa ikki o‘lchamli massiv, ya’ni 2 satr va 3 ustundan iborat matritsa e’lon qilingan, ikkinchisida uch o‘lchamli - 3 ta 2x2 matritsadan iborat bo‘lgan massiv e’lon qilingan. Uning elementlariga murojaat sxemasi:
7.3-rasm. Ikki o‘lchamli massiv elementlariga murojaat
Bu erda a[i] ko‘rsatkichda i-chi satrning boshlang‘ich adresi joyla-shadi, massiv elementiga a[i][j] ko‘rinishidagi asosiy murojaatdan tashqari vositali murojaat qilish mumkin: *(*(a+i)+j) yoki *(a[i]+j).
7.3-rasm. Uch o‘lchamli massivning xotirada tashkil bo‘lishi
Massiv elementlariga murojaat qilish uchun nomdan keyin kvadrat qavsda har bir o‘lcham uchun indeks yozilishi kerak, masalan b[i][j][k]. Bu elementga vositali murojaat ham qilish mumkin va uning variantlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |