Abu Rayhon Beruniy. Buyuk qomusiy olim Beryniy(973-1048) o‘zining “Geodeziya” asarining kirish qismida fanlarning paydo bo‘lishi va tarmoqlanib ko‘payishi haqida so‘z yuritib, har bir fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi blan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir. Beruniy nutqning ikki xil – nasr, nazm ko‘rinishi borligini ta’kidlaydi. Nutqning bu turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi. Nasr nahv qonun-qoidalari, nazm aruz talablariga binoan tuziladi. Aruzga qaraganda nahvning ta’sir doirasi keng, u nasr uchun ham, nazm uchun ham zarur.(5, 37-b)
Do'stlaringiz bilan baham: |