MChJ ning ijro etuvchi organi. O‘zbekiston Respublikasining “Mas’ulyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning 39-moddasi jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi haqida bo‘lib, Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi uning ishtirokchilari bo‘lmaganlar orasidan ham saylanishi mumkin. Jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs o‘rtasidagi shartnoma jamiyat nomidan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs saylangan umumiy yig‘ilishdagi raislik qiluvchi shaxs tomonidan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi:
jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;
jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;
jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan rag‘batlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qo‘llaydi va qonunga muvofiq hamda jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi va jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi4.
MChJ ning boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat berish.O‘zbekiston Respublikasining “Mas’ulyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning 41-modasida Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qonun va jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan bo‘lsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Bunda sud ishning barcha holatlarini hisobga olgan holda, agar ariza bergan jamiyat ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsata olishi mumkin bo‘lmasa va yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik jiddiy bo‘lmasa hamda qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga zarar yetkazmagan bo‘lsa, shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni o‘z kuchida qoldirishga haqlidir. Jamiyat kuzatuv kengashining, jamiyat yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyat kollegial ijro etuvchi organining qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarining, jamiyat ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchisining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori jamiyat ana shu ishtirokchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin5.