Kazus 16. Fuqaro A. 2015 y. dekabr oyida xorijiy mamlakatga ishlash uchun jo‘nab ketgan. A haqidagi so‘nggi ma’lumot 2016 y. fevral oyida qayd etilgan. shuningdek, fuqaro A. dan hech bir xabar bo‘lmagan va u bilan bog‘lanishni imkoni bo‘lmagan davrda uning yagona farzandi bo‘lgan N. 2017 y.da vafot etgan (vafot etgan paytida 5 yoshda). Fuqaro A.ning turmush o‘rtog‘i B. eridan xabar yo‘qligi va voyaga yetmagan bolasining o‘limiga qaramasdan A.ning ota-onasi bilan birga yashashda davom etgan, biroq oilada tez-tez kelishmovchiliklar bo‘lib turganligi qo‘shnilar tomonidan qayd etilgan. Ushbu kelishmovchilikdardan va farzand dog‘idan zada bo‘lgan B. eri A.ni vafot etgan deb topish va undan qolgan mol-mulkni belgilangan tartibda taqsimlashni so‘rab 2020 y. mart oyida sudga murojaat qilgan. Sud vaziyatni o‘rganib chiqib A.ni vafot etgan deb topish va uning mol mulkini merosxo‘rlari (A.ning xotini B. va A.ning otasi va onasi ) o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan . 2021 y. may oyida A. uzoq sarson sargardonliklardan so‘ng uyiga qaytib kelgan va B. boshqa turmush qurganligini, A.ga tegishli bo‘lgan 3 xonali kvartira, lasetti avtoransport vositasi va 8 sotixli uy tegishli tartibda taqsimlanganligini, jumladan, B.ga 3 xonali kvartira tekkanligini bilib olgan. A. advokat maslahatidan so‘ng barcha mol-mulkini qaytarib olishi mumkinligini, biroq xotinidan yangi nikohdan ajrashishni talab qila olmasligini bilganidan so‘ng meros asosida xotiniga o‘tib ketgan mol-mulkni qaytarishni so‘rab sudga murojaat qilgan. ishni sudda ko‘rish jarayonida 2021 y. iyun oyida A. avtotransport hodisasiga uchrab vafot etgan. shundar so‘ng, ishda B. tomonidan ishtirok etayotgan advokat ushbu mol-mulklar B. tomonidan meros huquqi asosida olinganligini, endilikda esa A. rostdan ham vafot etganligi sababli ushbu mol-mulkni B.da qoldirishni so‘ragan. shuningdek, B.ning advokati tomonidan B. ushbu mol-mulkni nafaqat o‘zi bevosita merosxo‘r sifatida balki 2017 y.da vafot etgan farzandi N.ning huquqini taqdim qilish huquqi asosida qo‘lga qiritganligi natijasida olganligini ta’kidlagan va shu sabali B.ga tekkan mol-mulkni o‘zida qoldirish mantiqan to‘g‘ri yechim bo‘lishini aytib o‘tgan. A.ning vafotidan so‘ng mustaqil talab bilan ishtirok etuvchi uchunchi shaxs sifatida ishtirok etayotgan A.ning ota-onasinig advokati esa A. vafot etganidan so‘ng uning barcha huquqlari, jumladan talab qilish huquqi ham unining merosxo‘rlariga o‘tishi, A. vafot etgan deb topilgan 2020 y.dagi sud qarori chiqarilganda B. turmush o‘rtog‘i sifatida ulush olishga haqli bo‘lganligini, biroq hozirgi kunda B. A.ning merosxo‘ri hisoblanmasligi, A.ning barcha huquqlari bilan birga ushbu sudda da’vogar sifatida talab qilish huquqi ham uning ota-onasiga (merosxo‘rlariga) o‘tishini bildirib, B. dan tegishli mol-molkni A.ning ota-onasiga olib berishni so‘ragan.