O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLARI
VAZIRLIGINING
ANDIJON AKADEMIK LITSEYI
‘‘IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR’’ KAFEDRASI
Tarix fani o’qtuvchisi D.Karimovaning
‘‘TOSHKENT SHAHRI ZIYORATGOHLARIDA ME’MORIY
OBIDALAR”nomli
O’QUV-USLUBIY ISHLANMASI
Andijon
Mualif : O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlari vazirligining
Andijon akademik litseyi ‘‘Ijtimoiy-gumanitar fanlar’’
kafedrasi tarix fani o’qituvchisi Karimova Dilafruzxon
Abduraxmonovna.
Taqrizchilar :
Andijon davlat universiteti
‘‘O’zbekiston tarixi’’kafedrasi
dotsenti,tarix fanlari nomzodi: M.Alihadjiyev
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligining Andijon akademik litseyi
‘‘Ijtimoiy-gumanitar fanlar’’kafedrasi
mudiri,tarix fan o’qtuvchisi: M.Babiyev
Ushbu uslubiy ishlanma Pedagogik Kengashning 2022-yil
31-Oktyabridagi № 3-sonli yig’ilishida muhokama qilindi va o’quv jarayonida
foydalanish uchun tavsiya etildi.
Mavzu: Toshkent shahri ziyoratgohlarida me’moriy obidalar.
Reja:
Kirish
I – BOB. Toshkentning qadimiy maqbara va me’moriy majmualari
Shayx Zayniddin bobo, Suzuk ota, Kox ota me’moriy majmualari
Xastimom me’moriy majmuasi va undagi bitiklar
II – BOB. Toshkentning qadimiy masjid va madrasalari
2.1. Xoja Ahror valiy jome masjidi va madrasasi
2.2. Ko‘kaldosh va Baroqxon madrasalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston bugungi kunda epigrafika yodgorliklari mikdori va noyobligi jihatidan Markaziy Osiyoda yetakchi mamlakat ekani anik, ularning aksar kismi oldin o‘rganilmagan. Ijodiy guruh ko‘p yillar davomida ushbu noyob yodgorliklar yozuvlarini sinchiklab o‘rgandi va tadqiqotlarining ilk natijalarini «O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar» nomli ko‘p jildlik nashrga jamladi.
Mazkur keng ko‘lamli tadkikot loyihasining ilmiy-madaniy ahamiyati va qiymatini jahonning yetakchi olimlari bergan ijobiy takpizlari va yuksak baholarida ham ko‘rish mumkin. Xalqaro kitob ko‘rgazmalarida albomlarning namuna tarzida nashr qilingan nusxalariga katta qizikish bildirildi.
Mana yuz yildirki, ko‘plab mutaxassislar ushbu bitiklarni tadqiq qilishga urinib kelmokdalar. Maxoratli ustalar tomonidan bitilgan asriy monogramma va boshqa matnlarning to‘g‘ri talkini borasida yuzaga kelgan ilmiy munozaralar bugun ham davom etmoqda. Ammo qadimiy o‘zbek zaminida joylashgan tarixiy obidalardagi bitiklarni o‘rganish shu paytgacha to‘laligicha amalga oshirilmagan, shu bilan birga chop ham etilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi ko‘lga kiritilganidan so‘ng ilk marta qadimgi kitoba bitiklarni tadkik etish, ularni o‘kish va aniqlashtirish buyicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ana shu yodgorliklarning mamlakat, mintaqa tarixida tutgan munosib o‘rnini qaytarish imkoniyati yaratib berildi.
Takdim etilayotgan turkum yirik loyihaning birinchi bosqichi yakunlarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu borada ishlar yana davom ettiriladi va keyingi jildlar butun O‘zbekiston obidalaridagi o‘rganilmagan kitoba bitiklarni qamrab oladi.
Ushbu nashrga Toshkent shahri me’moriy obidalaridagi yozma bitiklarning bir qancha noyob namunalari kiritildi. Bitiklarning katta qismi ilk bora tadkik kilinib, nashr etilmoqda. Bu kitob mutaxassislar va keng kitobxonlar ommasiga, turli davrlarda mamlakatimiz poytaxti Toshkent shaxri tarixi bilan qiziquvchi kishilarga yetarlicha foydali manba bo‘lib qoladi.
O‘zbekiston poytaxti, Markaziy Osiyoning eng yirik sanoat, fan va madaniyat markazi bo‘lmish Toshkent 360 km2 ortiq maydonni egallagan.
Ajdodlarimiz Chirchiq (Turk, Barak yoki Parak, Chir) daryosi havzasi vodiysida joylashgan, daryo irmoqlari va anhorlar orqali mo‘l-ko‘l sug‘oriladigan, chorvachilik yaylovlari, dehqonchilik va bog‘dorchilik uchun yaroqli serhosil tuprog‘i bo‘lgan mazkur go‘shaga behudaga o‘rnashmagan ekan. Negaki, foydali qazilmalarga (oltin, kumush, temir, qo‘rg‘oshin, feruza va boshqa) boy bo‘lgan Ohangaron tog‘lari va qadimiy Iloq yonbag‘irlari yaqinligi butun Choch vodiysiga ancha olis zamonlardayoq odamlar ko‘chib kelib yashashiga zamin hozirlagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |