2.2. Ko‘kaldosh va Baroqxon madrasalari Xoja Ahror jome masjididan janubi-g‘arbroqda, kapimgi Shahristonning kunbotar chekkasida, Chorsu bozori uzra Toshkent shahrining eng a’lo mumtoz me’moriy inshootlaridan biri Ko‘kaldosh madrasasi (XVI asrning 60-yillari) savlat to‘kib turibdi. Madrasa nomlanishiga qaraganda, Baroqxonning o‘g‘li, Toshkent hokimi Darvishxon (1556–1578 yillar) dargohida eng oliy davlat lavozimlaridan biri bo‘lmish «ko‘kaldosh» degan mansabni egallagan, ismi sharifi aytib o‘tilmagan siymo tarafiva bunyod etilgan ko‘rinadi. Shunday bo‘lsa-da, o‘rta asrlar yuridik hujjati – 1569 yilga oid vaqfnoma Parvishxon nomidan tuzilgani ham ma’lum. Ana shu zakotnomada xonning mol-mulki birma-bir sanab o‘tilgan, madrasani ta’mirlashga, mudarrislar, talabalar va xizmatchilarni ta’minlab turishga kegapigan sarf-xarajatlar aytilib, Toshkent shahri sarhadidan tashqaridagi Qorasuv arig‘i, ana shu madrasadan janub tomonda joylashgan Hazrati Ukkosha degan manzildagi karvonsaroy va ariq, shuningdek, shahardan shimoli-sharqdagi yerlar nomma-nom qayd zgib o‘tilgan. Ana shu mulk mutavallisi etib ulamo G‘oyibnazar oxunning o‘g‘li Domla Oxunjon degan madrasa mudarrisi tayinlangan, undan keyin esa ana shu ponadonga mansub erkaklar vaqfni boshqarishni davom ettirishgan ekan?.
Ko‘kaldosh madrasasi ham o‘ziga o‘xshagan boshqa Grta asrlar oliy ta’lim dargohlari singari xam turarjoy, ham jamoat maqsadidagi imorat sisoblanadi. Tuzilishi to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lmish ashrasaning (63x45) ajoyib va purviqor bosh peshtoqi janub tomonga qaragan. Bosh fasadni yuzaga keltirgan baquvvat peshtoq (balandligi - 30 metr)ning chuqur ravog‘i bo‘lib, ana shu ravoqni o‘ksimon peshtoq (uzunligi – 9 metr) hoshiyalab turibdi. Har ikki tarafdan peshtoqqa burchaklarida gulzasta minoralari ikki qavatli arkada – ravoqchalar silsilasi bo‘lgan azamat qanotlar taqalib turibdi. Gsasta minorachalar uchida ravoqsimon tuynukchalar bo‘lgan. Bir mahallar peshtoqning har ikkala grafida feruza koshinlar bilan qoplangan baland gumbazlar ham bo‘lgan, ana shu gumbazlar ostida zatrasa masjidi va darsxonasi joylashgan edi. Bosh fasadning ravoqchalari — tokchalari murakkab kashlar bilan bezatilgan, fasad qanotlaridagi davokchalarning tokchalari esa qadama terrakota kushilgan o‘yma naqshlar bilan ziynatlangan. Fasad ning hashamdorligi olti burchakli kamgakchalardan tarkib topgan deraza panjaralari bilan ham yanada boyitilgan bo‘lgan.
Ko‘kaldosh madrasasi bosh fasadiga toshsupa - binoning tashqi hovlisi tashqaridan, ichkaridan esa jamoat zallari – ikkinchi qavatda kutubxonasi bo‘lgan miyonxona – vestibyul ham taqalib turadi. Miyonxonadan tirsaksimon yo‘laklar — dahlizlar hovliga olib borgan, shu taxlit hatto darvoza lang ochib qo‘yilganda ham madrasa ichkari hovlisi tashqaridan ko‘rinmagan. Miyonxonadan kunbotar tarafda – masjid, kunchiqar tarafda esa darsxona joylashgan bo‘lgan.
Madrasa hovlisi (38x27) burchaklari salpal og‘dirilgan, uning bosh o‘qida esa ancha chuqur ravoqsimon ayvonlar ochilgan. Madrasa hovlisi perimetri bo‘ylab ikki qavatda ham (80 dan ziyod) hujralar bilan o‘rab olingan, hujralarga kiribchiqish joylari birinchi qavatda ravoqsimon toqchalar, ikkinchi qavatda esa o‘ziga xos lojiya — poyostona ayvoncha bilan alohida ajratib ko‘rsatilgan. Mudarrislar va talabalar istiqomat qiladigan hujralar ancha obod bo‘lgan. Har bir hujra eshigi bo‘sag‘asida to‘g‘riburchak yoki kvadratsimon chuqurcha — poygoh bo‘lgan, hujraga kiruvchilar ana shu joyda oyoq kiyimlarini yechib qoldirishgan, ana shu poygohning o‘zida tagida obrezi - suvni shimib oluvchi quduqchasi bo‘lgan tashnov ham joy olgan. Hujralarning devorlarida esa kitoblar uchun tokchalar, ovqat va choy qaynatish uchun xonaki pechkasimon o‘choqlar – kaminlar ham bo‘lgan. Hujralar devorlarini bezab turgan kitoba bitiklar va naqshu nigorlar, afsuski, zamonlar silsilasida yo‘qlik qa’riga singib ketgan. Madrasaning hovliga qaragan fasadlari esa g‘ishtin mozaika bilan g‘aribgina bezatilgan bo‘lgan.
So‘nggi yuzyillikda Ko‘kaldosh madrasasi yillar to‘zoniga uchragan, qayta tiklangan va ba’zida esa mukammal qayta ta’mirlangan. XVIII asrning birinchi choragida mazkur imorat madrasa tariqasida ishlatilmagan, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, karvonsaroyga aylantirilgan ham emish. Madrasa ikkinchi qavati hujralari g‘ishtlari hijriy 1246/ milodiy 1830-31 yili Qo‘qon xoni sha’nidan Toshkent hokimi Lashkar beklarbegi tomonidan buzib, ko‘chirib olingan, mahalliy hokim hujralardan chiqqan g‘ishtlar Registon maydoni yaqinida barpo etilgan Beklarbegi madrasasi qurilishida ishla tib yuborilgan edi. Shu taxlit hujralarning soni ikki baravar qisqarib ketgan. Biroq xuddi o‘sha yili Ko‘kaldosh madrasasi toshkentlik ustalar kuchi bilan qayta ta’mirlangan. Ta’mirlash amalga oshirilgan sana ham, ta’mirlash ishlari homiysi-donatori nomi ham (amiri lashkar Shodmonbek ibn Jahongirbek), quruvchi ustalar ismlari ham (Avaz Muhammad va A’zam Vali), naqsh ustalari (Olimjon Usta Salim o‘g‘li va Koshiniy degan ismi noma’lum kishi) xattot Boboxoja tomonidan bino bosh darvozaxonasi tepasidagi Koshin plitkalarda abadiy muhrlangan. Har holda, ana shu qayta ta’mirlash jarayonida madrasa masjidi va darsxona tepasida qo‘shaloq gumbaz ham buzib tashіlangan ko‘rinadi. Ta’mirlashdan so‘ng madrasa hayoti asta-sekin izga tushib ketdi. XIX asrning 60-yillarida Qo‘qon xoni Mallaxon (Mullaxon) ibn Sheralixon (1858-1862 yillarda oliy hukmdor, 1853 yili esa Toshkentda hokimlik qilgan) ko‘kaldosh madrasasi vaqf yerlarida bir qator do‘konlarni qayta tiklash to‘g‘risida farmon bergan. Ko‘kaldosh madrasasi Qo‘qon xonlari uchun qal’a bo‘lib xizmat qilgan ham edi (1860 yili qo‘zg‘olon ko‘targan toshkentliklarga qarata bu binodan turib to‘plardan o‘t ochilgan), zambaraklar uchun maydonchalar esa uzoq vaqt Ko‘kaldosh madrasasi sharqiy fasadi supasida bo‘lgan.
1868, 1886 va 1902 yillarda Toshkentda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatida bosh peshtoq ravog‘i ag‘darilib tushgan. 1903 yili esa shahar aholisi mablag‘lari hisobidan bosh fasadga oid binoning tepa qismlari va hovli fasadlari ham qayta ta’mirlangan. Yig‘ilgan pul mablag‘lari atigi peshtoq ravog‘ini ta’mirlashga yetadi, peshtoqning o‘zi esa ta’mirlanmasdan qolib ketadi. Burchak Minorachalarda uncha katta bo‘lmagan guldastalar tiklangan, bosh ravoqning burchaklarida esa naqshinkor fonussimon fonarlar o‘rnatilgan.
1930 yili Ko‘kaldosh madrasasi omborxonaga aylantirilgan, keyin esa turli muassasalarning idoralari sifatida foydalanilgan. 1937 yili O‘zbekiston o‘tmish yodgorliklarini muhofaza qilish qo‘mitasi g‘arbiy fasad ta’mirlanishini amalga oshirgan, fasad devorlari butunlay ko‘chirib olin gan va qaytadan terib chiqilgan. Ana shu ta’mirlashlarning hammasi 1946 yildagi zilzila tufayli yer bilan yakson bo‘lgan.
XX asr o‘rtalari Ko‘kaldosh madrasasi uchun tub burilishlar davri bo‘ldi. U ilmiy izlanishlar o‘chog‘iga aylandi va restavratsiya qilindi. Imoratning bosh fasadi qayta tiklandi va bosh peshtoq yulduzsimon naqsh bezaklar bilan qayta ziynatlandi. Biroq burchak minoralarning guldastalari va Imoratning ikkinchi qavati hujralari qayta tiklanmasdan qolib ketaverdi.
1990 yili madrasa O‘zbekiston musulmonlari idorasi ixtiyoriga o‘tkazildi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan katta restavratsiya ishlaridan so‘ng binoning ikkinchi hayoti boshlandi. Ikkinchi qavat hujralari, hovlidagi baland ayvonlar qayta tiklandi. Janubiy peshtoqda va uning baland ravog‘i toqchalarida tuzilishi murakkab bo‘lgan koshinkor girehlar majmuasi ajoyib tarzda qayta yaratildi, shimoliy peshtoqning eng tepasida esa Qur’oni karimdan kitobalar keltirilgan koshinkor friz joylashtirildi. Hovliga yam-yashil chimzor barpo etilib, daraxt va butalar ko‘chatlari o‘tkazildi.
Ko‘kaltosh madrasasi bosh peshtog‘i darvozaxonasi tepasida 1246/1831 yilda amalga oshirilgan ta’mirlash haqida guvohlik beruvchi kitoba bitik saqlanib qolgan. Madrasaga kiraverishdagi yog‘och darvozalar ham katta mahorat bilan chiroyli qilib yasalgan. Burchak minorachalarda esa guldastalar qayta tiklandi. Madrasa bosh peshtoqining naqshlari ham ancha bosiq: naqshu nigor majmuasi uni butunlay qoplab olmagan, balki peshtoq ravog‘i toqchalarida joylashgan va qo‘ng‘irsimon rangdagi terrakota qadamalar galma-galdan keladi. Peshtoqning eng tepasida zamondoshimiz Habibulloh Solih tomonidan 2006 yili amalga oshirilgan Qur’oni karim oyatlari asosidagi kitoba bitiklar joy olgan.
Bugungi kunda Ko‘kaldosh madrasasi o‘zining azaliy vazifasi – ma’rifat dargohi funksiyasini bajarmoqda, ayni mahalda sayyohlar va tomoshabinlar uchun ham doimo ochiq.
Бароqхон мадрасаси (XVI асрнинг 40-йиллари) барпо этилиши тарихи Тошкент hокими бўлган уч киши: Суюнчхожахон (1509–1525) ва унинг икки ўg‘ли: Келди Муhаммадхон (1525–1533) ва Наврўз Аhмадхон ёки Бароqхон (1533-1556 йилларда Тошкент вилояти hокими, 1554-1556 йилларда эса бутун ўзбек улус хони - марказлашган шайбонийлар давлати олий hукмдори) номи билан боg‘лиq.