Vazirligining andijon akademik litseyi


Xastimom me’moriy majmuasi



Download 216,42 Kb.
bet4/8
Sana07.01.2023
Hajmi216,42 Kb.
#898077
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'quv uslubiy qo\'llanma D.Karimova

1.2. Xastimom me’moriy majmuasi
Toshkentdagi eng yirik me’moriy majmuaning vujudga kelishi - Movarounnahrning eng mashhur ulamo, fakix, muhaddis va shoirlaridan biri Abu Bakr Muhammad ibn Ali al-Qaffol al-Kabir ashShoshiy ash-Shofe’iy (904–976 yillarda yashagan) dafn etilishi bilan bog‘liq. Kaykovus arig‘idan sug‘oriladigan bu joy X asrda «shahriston» – «rabot ud-doxil»ning shimoliy ostonasi bo‘lgan, keyinchalik esa shahar Sebzor tarixiy dahasining shimoli-sharqiy kismi hisoblangan.
Mana, ming yildan oshibdiki, Imom Muhammad al-Qaffol ash-Shoshiy maqbarasidan ziyoratchilar kadami uzilmaydi. Makbaradan janubda va g‘arbda mahalliy aholi vakillari va aziz avliyo zotga yakinrok bo‘lishni istagan kishilarning kabrlari xam joylashgan bo‘lgan. Mazkur bino bir necha marta kayta barpo etilgan, mavjud yodgorlik esa shayboniylar sulolasi nomidan Toshkent hokimi Navro‘z Ahmadxon yoki Barokxon tomonidan bunyod etilgan. Maqbaradan uncha uzoq bo‘lmagan yerda chillaxona ham mavjud bo‘lgan, Chillaxona esa yerosti yo‘lagiga o‘xshash moslama – lahm orqali shahar sarhadidan tashqarida joylashgan Shayx Zayniddin maqbarasi bilan tutashgan bo‘lgan11. XVI asrning birinchi choragida Al-Qaffol ash-Shoshiy yodgorlik xilxonasidan janub tarafda xuddi o‘sha Navro‘z Ahmadxon tomonidan va Baroqxon madrasasi nomi bilan barpo etilgan inshoot tarkibiga kiritilgan yana ikkita makbara vujudga kelgan. 1579 yili shayboniylar sulolasi oliy hukmdori Abdullaxon II bir necha marotaba Al-Qaffol ash-Shoshiy maqbarasini ziyorat kilishga kelgan, maqbara binosidan shimol tarafda Al-Qaffol ash-Shoshiy avlodlaridan biri Shayx Bobo hoji sharafiga yangi maqbara tiklash to‘g‘risida farmoyish bergan. Muhim jihati shundaki, yangi bino xam amalda ulug‘ ajdod maqbarasining aynan o‘xshash bir nusxasi bo‘lgan12. XVI asrda yodgorlik-ziyoratgox majmuasi obodonlashtirilgan bir hududga aylangan, xovuzlari va ariklari bo‘lgan istirohat – sayilgohni o‘zida gavdalantirib turgan.
Majmua kurilishining keyingi bosqichi esa XIX asrga to‘g‘ri keladi. Uning shimoli-sharqiy tarafida yirik Namozgoh masjidi qurildi. 1273/856-1857 yili Baroqxon madrasasi qarshisida jajjigina Mo‘yi Muborak madrasasi kurib bitkazilgan, ana shu sanadan taxminan 30 yilcha keyin uning yonida Tilla Shayx jome masjidi binosi qad rostlagan edi.
XІX-XX asrlar chegarasida, o‘sha zamon kishilari tasvirlashicha, din va ziyorat ansambli bu yerga keluvchilarda ulkan taassurot qoldirgan. Mahobatli binolar chekkalarida kayrag‘och, terak va butasimonlar bilan hoshiyalangan xiyobonlar orqali bir-biriga bog‘langan bo‘lgan. Xiyobonlar chekkalari bo‘ylab tabakalari unchalik katta bo‘lmagan darvozaxonalar, chillaxonalar joylashgan, katta-katta sarhovuzlar, ba’zida esa ariklar bo‘yidagi supalar me’moriy majmuaning hamma joyida muxim element sifatida namoyon bo‘lgan. Shahar hududi tobora kengayib borgani sayin Hazrati Imom majmuasi amalda Toshkent shahri markaziga aylanib ketgan. Vaqt o‘tishi bilan me’moriy obidalar o‘rtasidagi makonni ayrim hollarda kadimiy imoratlar devorlariga yaqin taqalib qolgan, zich va tartibsiz kurib tashlangan uy-joylar egallab olgan. Shu taxlit me’moriy yodgorliklar bir-biridan ajralib kolib tarqoqlashgan, yagona ansambl tariqasida ko‘rinishning iloji ham kolmagan, o‘sha paytdagi ta’mirlash va restavratsiya ishlari ham arzimas ko‘lamlarda qo‘l uchida o‘tkazilgan.
XX asr so‘ngida Hazrati Imom majmuasini tubdan rekonstruksiya qilish ishlanmalari ustida bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. 2006 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning bevosita tashabbuslari bilan majmuada restavratsiyalash va obodonlashtirish ishlari majmuasi olib borildi. Ish jarayonida turarjoy binolari buzib tashlandi, bo‘shab qolgan makonda esa landshaftshunos me’morlar ajoyib ishlarni amalga oshirdi: gazonlar — bo‘stonchalar yasaldi, turli mamlakatlardan olib kelingan daraxtlar, butalar va gullar o‘tkazildi. Qadimiy me’morchilikka oid barcha binolar ta’mirlandi. Maqbara va ziyoratgoh majmuasi hududining shimoliy va sharqiy yonbag‘irlardan aylanib oqib o‘tuvchi qadimiy Kaykovus arig‘i bo‘ylari mustahkam va pishiq qayroq bilan qoplandi. Majmuada yangi bunyod etilgan inshootlar — majmuaning sharqiy tarafida barpo etilgan ulug‘vor Hazrati Imom masjidi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi binosi Qorasaroy magistral ko‘chasiga tutashdi. Tuzilishi va uslubi jihatidan ham ular mazkur me’morchilik majmuasining tarkibiy qismiga aylanib ketdi13.
Shu tariqa minglab mutaxassislarning sa’yharakati va kuch-g‘ayrati bilan shaharning bosh yodgorligi, diniy, ilmiy va madaniy markazi tarixida yangi hayot boshlandi, Hazrati Imom masjidiga kiraverish maydonchasida ikkita xushqad minora qad rostladi. Bu esa mazkur majmuaning Eski shahar tuzilmasida uning o‘ziga xos ulug‘vor va ustuvor mavqeini belgilab berdi.
Hazrati Imom majmuasidagi kitoba bitiklar Shayx Abdulaziz Mansur muharrirligida xattotlar H. Solih, I. Muhammadov va A. Haqberdi tomonidan bajarilgan. Masjidlar gumbazlari, peshtoqlari va fasadlari «Eksperimental keramika kombinati»ning F. Mansurov boshchiligidagi me’mor rassomlari - keramistlar mehnati bilan amalga oshirildi. Binoda naqshinkor panno o‘rnatilgani uchun shaxrisabzlik ustazodalardan minnatdor bo‘lmog‘imiz kerak.


Download 216,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish