Albatta, sog‘lom bolani tarbiyalashda aholining tibbiy madaniyati ham muhim o‘rin tutadi, bu masala
hanuz dolzarbligicha qolmoqda. “Sog‘lom bola yili” davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar,
avvalo
shu muhim masalalarni hal qilishga qaratilgan. Joriy yilda davlat dasturini amalga oshirish jarayonida bu
ishlarning barchasi yanada yuqori darajaga ko‘tariladi. Dasturda avvalo ham jismoniy, ham ma’naviy
jihatdan sog‘lom, mustaqil fikrlay oladigan, mamlakat taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga
olishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ana shu
maqsadlarga safarbar etishga doir keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Dastur yetti bo‘lim va 125 banddan iborat bo‘lib, unda bolalar tug‘ilishi, ta’lim-tarbiyasi, oilada sog‘lom
muhitni, uning iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan
mablag‘lar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq barcha masalalar aks etgan.
Birinchi navbatda, sog‘lom va
barkamol avlodni tarbiyalash uchun qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va
me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish bo‘yicha
chora-tadbirlar belgilangan. Sakkizta qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. “Bolalarni jismoniy va
ma’naviy rivojiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”, “Aholining sanitariya-
epidemiologik barqarorligi to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”,
“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risi”dagi va boshqa qonunlar shular
jumlasidandir. Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarga 4 509,2 milliard so‘m va 302,9
million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi. Mazkur dasturning bajarilishi mamlakatimiz uchun asosiy
maqsadi inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yo‘lida navbatdagi
muhim qadam bo‘ladi.
Mamlakatimizda prezidentimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab
aholi salomatligini
mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarib kelinmoqda.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan e’lon qilingan "Oila yili", "Ayollar yili", "Sog’lom avlod yili", "Ona
va bola yili", "Sihat-salomatlik yili", "Yoshlar yili", "Barkamol avlod yili", "Mustahkam oila yili"
munosabati bilan qabul qilingan davlat Dasturlari o’zaro uzviylik kasb etdi. Bu olijanob maqsad yo’lida
qilingan ulkan ishlar bolalarimizning sog’lom tug’ilishi va ulg’ayishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish,
ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, qolaversa, bolalar sportini rivojlantirishga
qaratilgan keng ko’lamli islohotlardir. Yangi 2014-yilning "Sog’lom bola yili" deb atalishi esa sog’lom ona –
sog’lom bola umummilliy dasturlarimiz doirasida amalga oshirilishi lozim bo’ladigan yana bir qadam deyish
mumkin.
Xulosa qilib aytganda , “Sog’lom bola yili” davlat dasturiga kiritilgan vazifalar xar tomonlama
xalqimizning turmush tarzini yaxshilash,
salomatligini mustahkamlash, ijtomoiy tomondan qo’llab-
quvvatlash , bandligini ta’minlash, tinch va osuda hayotini muxofaza qilish va shu kabi yana bir qancha
masalalarni hal qilishga qaratilgan. Yurtimiz qudrati, jamiyat ravnaqi kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarning
ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lomligiga bog‘liqdir. Bu tashabbus mamlakatimiz ahli tomonidan
iliq kutib olinganligining sababi ham shundan. «Sog‘lom bola yili» davlat dasturi mamlakatimizda ona va
bola skriningi, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va
ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish
va samaradorligini
oshirishga oid chora-tadbirlarning uzviy davomi sifatida samarali bo‘lishiga to‘liq asos bor. Bunday
hayotbaxsh islohotlarni amalga oshirishda esa, shubhasiz, yetuk kadrlar salohiyati muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bir so’z bilan aytganda sog’lom bola yilining asosiy maqsad va vazifalari haqida gap borar ekan, “
Farzandlari sog’lom yurt qudratili bo’lur, qudratli elning farzandlari sog’lom bo’lur” degan xikmatli iboraga
alohida e’tibor qaratilgani bejis emas.
Joriy yilning «Sog'lom bola yili» deb e'lon qilinishi har tomonlama sog'lom avlodni voyaga yetkazish
borasida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarimizni izchil davom ettirgan holda, ularni yanada yuqori
bosqichga ko'tarishdek ezgu maqsadga xizmat qilishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: