Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasidan olingan ilmiy, amaliy xulosalar, taklif, muloxazalar byudjet tashkilotilari hisobini tashkil etish uslubiyotini takomillashtirish imkonini beradi.
Tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi va xajmi. Ilmiy ish kirish, uchta bob, xulosa, takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati va ilovalardan iborat.
Bob. Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini xamda shtatlar jadvalini tuzish va tasdiqlash tartibi. Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzishning hususiyati, maqsadi va ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning byudjetdan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek shtatlar jadvalini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi3 bilan belgilangan.
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xarajatlar smetasi — tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo‘yicha ko‘zda tutilgan byudjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi;
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta — tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda byudjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi;
xarajatlar moddasi — byudjet tasnifining qismi bo‘lib, Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tayinlanishi va to‘lovlarni aniq turlarini ifodalaydi;
vaqtinchalik xarajatlar smetasi — tashkilotlarning xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat bo‘lib,
3 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 29 oktyabrdagi 92-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 19 noyabrda 2157 son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
unda byudjet tashkilotlari uchun ko‘zda tutilgan, qonunchilikka o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlardagi byudjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |