Ishlab chiqarishga oid ishlar boshlangunga qadar talabalarni texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish va ularning bilimini korxonada o`rnatilgan tartiblar asosida tekshirib ko`rish.
Amaliyotchi talablarni dasturga mos keladigan amaliyot joylari bilan ta`minlash, texnika va hujjatlardan foydalanish imkoniyatini yaratib berib, ixtisosligi bo`yicha iqtisodiy sohada mehnatni ilmiy tashkil qilishda zaruriy bilimlarga ega bo`lish uchun sharoit yaratib berish, talabalar o`rtasida siyosiy- tarbiyaviy ishlarni o`tkazish.
Talabalarga: Malakaviy amaliyotni o`tish davrida talabalarni bepul maxsus kiyim poyafzal va korxona xodimlariga mos o`rnatilgan qoidalar bo`yicha alohida himoya vositalari bilan ta`minlash.
Talabalarga eslatma Talaba malakaviy amaliyot o`tadigan korxonaga (tashkilotga)
belgilangan vaqtda kelishi va amaliyot o`tsh uchun hujjatlarini rasmiylashtirishi lozim.
Amaliyotchi talaba amaliyot dasturida ko`zda tutilgan
topshiriqlarni to`la bajarish lozim.
Talaba mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalartiga rioya qilish lozim.
Talaba kundaligini amaliyot rahbarlarining talabi bilan va amaliyot davomida qanday tekshiruvda ko`rsatishi shart.
Talabalar haftada 1 marta kundaligiga bajarilgan ishlarni tasdiqlatish uchun amaliyot rahbariga imzo qo`ydirishi lozim.
Talaba malakaviy amaliyot davomida ekskursiyalarni, nazariy bilimlarni va alohida berilgan topshiriqlarni kundalikning ma`lum bo`limlariga yozib boradi.
Siyosiy jamoa ishlarining bajarilishi kundalikning ma`lum bo`limida qayd qilinadi va korxona “Kamolot” jamg`armasi bo`shlig`ining imzosi, korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Talaba malakaviy amaliyot oxirida korxona tomonidan beriladigan tavsifnomani rasmiylashtirish uchun kundalik amaliyot rahbariga ko`rsatishi lozim. Bu tavsifnoma korxona rahbarining imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.
Malakaviy amaliyot tugaganidan keyin, talaba rasmiylashtirilgan kundalikni hisobot bilan birgalikda institutdan biriktirilgan amaliyot rahbariga topshiradi.
YO`RIQNOMA
Malakaviy (Ishlab chiqarish) amaliyoti o`quv jaroyonining tarkibiy qismi hisoblandi va kurs, malakaviy bitiruv ishi (loyihani) boshlang`ich manba sifatida o`z ichiga oladi.
Talaba ishlab chiqarish amaliyotini o`tish davrida korxonaning
ichki tartib – qoidalariga to`la bo`ysunishi kerak, korxonaning
aniq talablariga va sharoitiga, malakaviy amaliyot dasturiga muvofiq hamma topshiriqlarni bajarishi shart.
Talaba amaliyot dasturi va topshirig`iga mos hisobotni tuzish va
muntazam ishlashi kerak va malakaviy amaliyot tugashi arafasida hisobotni tugatishi shart.