Alanga ionlovchi detektorli gaz xromatografik usul yordamida spirtlarni aniqlash
Alanga yordamida ionlovchi detektorli xromatograf. Sorbent xromaton 0,16-0,20 mm o‘lchamli kukuni.
Qo‘zg‘almas faza polietilenglikol – 300 (PEG-300 ) sorbentga nisbatan 15 % olinadi. Kolonka o‘lchami 0,4 x 150 sm
Kolonka harorati 670S
Detektor va injektor harorati 1100S Qo‘zg‘aluvchi gaz-azot, sarfi 40 ml/daqiqa Vodorod gazi sarfi 28 ml/daqiqa
Kislorod gazi sarfi 300 ml/daqiqa Diagramma tasmasining tezligi 720 mm/soat
Spirtlarni alanga yordamida ionlovchi detektorlar uchun aniq o‘lchov chizmasini olish
Penitsillin idishchasiga 1 ml hajmda 0,5 %o, 1%o, 2%o, 3%o, 4%o, 5%o va 6%o spirt saqlovchi eritmalardan 1 ml olinib, hajmi 5ml etguncha tozalangan suv qo‘shiladi, rezina tiqinlar yopilgach idishchalar zich yopiladigan moslamaga joylashtirilib, qaynab turgan suv hammomida 5 daqiqa ushlanadi. So‘ng shprits yordamida 1 ml por qismidan olinib, xromatografning alanga yordamida ionlovchi detektor injektoriga yuboriladi. Bunda diagramma tasmasida 2 daqiqa 15 soniyada xromatografik cho‘qqilar hosil bo‘ladi. Usul sezgirligi etil spirti uchun 5 mkg ga teng.
Olingan natijalarga asoslanib aniq o‘lchov chizmasi konsentratsiyasida xromatogrammada cho‘qqilar balandligi asosida tuziladi va uni dori vositalari tarkibidagi spirt miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Buning uchun dori vositalari tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyasi asosida 1-6%o orasidagi eritmasi tayyorlanib yuqoridagi talabga mos tahlil o‘tkaziladi hamda spirt miqdori o‘lchov chizmasidan foydalanib aniqlanadi.
Gaz xromatografik tahlilida alanga ionizatsion detektori (AID) eng ko‘p tarqalgan va qulay usullardan hisoblanadi.
Alanga ionizatsion detektor yuqori sezgirlikka ega bo‘lib, tuzilishi sodda, kam hajimga ega hamda mikronasadkali va kapillyar kalonkalarda qo‘llaniladi. Bu tur detektorlar qo‘zg‘aluvchi gaz sarfi, bosimi va haroratini o‘zgarishlarini sezuvchanligi kam bo‘lganligi tufayli, kalonka haroratini o‘zgarishlari asosida bajariluvchi tahlillar olib borish uchun qulay hisoblanadi.
Alanga ionizatsion detektor ko‘pchilik organik moddalar tahlilida yuqori sezgirlikka ega. Bu detektor qo‘zg‘aluvchi fazadagi hamda aniqlanuvchi namunadagi aralashgan suvga nisbatan kam sezgir bo‘lganligi tufayli atrof muhit hamda tarkibida suv saqlovchi moddalar tahlili uchun qulay.
Detektorda ionlantiruvchi manbai sifatida yonayotgan vodarod alangasidan foydalaniladi.
Tekshiriluvchi modda namunasi xromatografik kalonkadan qo‘zg‘aluvchi gaz bilan aralashgan holda alanga yuboriladi. Detektorda ikkita potensial va kollektorli elektrodlar mavjud bo‘lib, potinsial elektrodda ionlar jamlanadi, kolektor esa detektor signalini yozib olinadi.
Alanga ionizatsion detektor - detektor korpus, yonish manbai elektrodlar, muhofazalovi qoplama, havo, vodorod va qo‘zg‘aluvchi gazlarni kirituvchi qurilma hamda alangani yoqish uchun spiralsimon qurilmadan tarkib topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |