4-rasm. Gaz xromatografining tuzilish sxemasi:
1 – gaz balloni; 2 – oqim stabilizatori; 3 i 3 ' – monometrlar; 4 – xromatografik kolonka; 5 – dozator (namuna yuborish uchun uskuna); 6 – termostat; 7 – detektor; 8 – o‘zi yozuvchi moslama; 9 – chiqim o‘lchagich
Balon xromatografga qo‘zg‘aluvchi gaz berish uchun mo‘ljallangan.
Dozator (bug‘latgich) kolonkaning boshlang‘ich qismi bilan birlashgan idish bo‘lib, rezinali membrana bilan ta’minlangan. SHu membrana orqali mikroshprits yordamida tekshiriluvchi gazsimon yoki suyuq tarkib kerakli hajmda yuboriladi. Aniqlanuvchi moddani bug‘latish va zarur haroratni ushlab turish uchun dozatorni termostatga joylashtiriladi.
Termostatlar – Xromatografik kolonkalar termostat kamerasiga joylashtiriladi va zarur haroratgacha isitiladi. Xozirgi zamon xromatograflarida isitishning turli usullaridan foydalaniladi. Isitilgan havoni purklash yo‘li isitilgan suyuqlik yordamida qaynovchi suyuqlik porlari yordamida kolonkalarni tok yordamida isitiluvchi metall sterjenlar bilan biriktirib isitish kabi usullardan foydalaniladi.
Xromatografik kolonkalar. Moddalarni ajratish jarayoni xromatografik kolonkalarda o‘tadi. Gazxromatik tahlilarda uch turdagi nasadkali (sorbent bilan to‘ldiriladigan),
mikronasadkali va kapillyar analitik kolonkalardan foydalaniladi. Kolonkalarda moddalar aralashmalari aloxida moddalar komponentlariga ajralish sodir bo‘ladi. Nasadkali kolonkalar – eng ko‘p qo‘llaniladi, ular shisha yoki metall (zanglamaydigan po‘lat, mis) naylardan iborat. Kolonkalar ko‘proq U – simon,
zigzagsimon, spiralsimon yoki aylanma shakllarida bo‘ladi. Nasadkali kolonkalar ichki diametri 3-10m gacha, uzunligi esa 0.5-3 m gacha, goxo 10-15 m gacha bo‘lishi
mumkin.
Mikronasadkali kolonkalar nasadkalilardan farqli o‘laroq ichki diametri kichik, ya’ni 0,6-1mm, uzunligi esa 20m gacha bo‘ladi. Kolonka shakli moddalarni ajratish effektivliligiga ta’sir etmaydi, shuning uchun ularni to‘ldirish oson bo‘lgan formalar beriladi. Zanglamas po‘latdan tayyorlangan kolonkalardan uzoq muddat foydalaniladi, zanglamasligi tufayli sorbent bilan to‘ldirishdan avval qo‘shimcha tozalash zarur emas. Mis naychalardan kolonkalar oson tayyorlanadi, ammo ularning ichki naylarini, oksid qoplamalardan tozalab, so‘ng sorbent to‘ldirish kerak. Metallar ta’siridan o‘z xolatini o‘zgartiradigan moddalar tahlilida shisha nayli kolonkalardan foydalaniladi.
Kapillyar kolonkalar ichki diametri 0,3-0,5 mm o‘lchamdagi shisha, zanglamas po‘lat yoki mis naylardan iborat bo‘lib, uzunligi 20-100 m gacha goxo 200 m gacha
bo‘lishi mumkin. Bunday kolonkalarning ichki satxiga yupqa qatlam (0,2 mm)
qo‘zg‘almas suyuq faza joylashtiriladi. Kapillyar kolonkalar uchun eng yaxshi material zanglamaydigan
po‘lat hisoblanadi, chunki uning ichki satxi silliqligi uchun yaxshi effektivlik ta’minlanadi. Shisha naylar mo‘rtligi tufayli ishlatish uchun noqulay hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |