Vazirligi toshkent farmatsevtika


FAN BO`YICHATALABALAR BILIMINI BAHOLASH VA NAZORAT QILISH MEZONLARI



Download 4,33 Mb.
bet356/362
Sana03.01.2022
Hajmi4,33 Mb.
#299234
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   362
Bog'liq
ДВИТУ мажмуа 3к Био ЛОТИН

3.5. FAN BO`YICHATALABALAR BILIMINI BAHOLASH VA NAZORAT QILISH MEZONLARI
O`ZBEK1STON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASII VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVT1KA INSTITUTI
FARMATSEVTIK KIMYO KAFEDRASI


«Tasdiqlayman»

Toshkent farmatsevtika instituti o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha prorektor, farm.f.d., prof. Z.A.Yuldashev «__» ____2021 yil



2-3-KURS UCHUN TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING REYTING TIZIMI TO‘G‘RISIDAG1

NIZOM


Toshkent 2021
Fan bo’yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari
Ushbu baholash me'zonlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 sentyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan (ro‘yxat raqami -3069) hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi fan va tibbiy ta’lim Bosh boshqarmasining 2018 yil 5 dekabrdagi ”Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom” asosida ishlab chiqildi.
Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom 2018-2019 o‘quv yilida, shuningdek keyingi o‘quv yillarida institutga o‘qishga qabul qilingan talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda qo‘llaniladi.

Mazkur Nizom talablari qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayonini reyting va modul tizimiga asoslangan kurslarda tahsil olayotgan talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda qo‘llanilmaydi

Talabalar institut professor-o‘qituvchilari tomonidan birinchi mashg‘ulotda “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom” va mazkur Nizom talablari bilan tanishtirilishi shart.

Talabalar bilimini baholashda, tanishuv, dala, o‘quv, malakaviy va ishlab chiqish amaliyotlari, kurs ishi, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistratura bosqichida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlari qo‘llaniladi.


Nazorat turlari va baholash mezonlari

Nazorat turlari
Talabalar bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Joriy nazorat semestr davomida ishchi o‘quv dasturda keltirilgan mavzular bo‘yicha talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.



Joriy nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda semestr davomida 1 dan 18 martagacha o‘tkazilishi mumkin.

Oraliq nazorat semestr davomida ishchi o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.

Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin.

Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi va o‘quv-uslubiy bo‘lim yoki fakultet dekanati tomonidan tasdiqlanadi.

Semestr davomida haftasiga 4 akademik soat (72 soat)dan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turi o‘tkazilmaydi.

Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.

YAkuniy nazorat fan yakunida tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniklash maqsadida o‘tkaziladi.

YAkuniy nazorat turini o‘tkazish shaklini institutning Markaziy uslubiy kengashi belgilaydi va ta’lim yo‘nalishi ishchi o‘quv rejasida qayd etiladi hamda rektor tomonidan tasdiqlanadi.

YAkuniy nazorat turi o‘quv-uslubiy bo‘lim yoki fakultet dekanati tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha prorektor tasdiqlaydigan YAkuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.

Oraliq va yakuniy nazorat turlari ob’ektiv tizimlashtirilgan klinik sinov yoki ob’ektiv tizimlashtirilgan imtixon shakllarida o‘tkazilishi mumkin.



Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish