Kofein, teobromin va teofilinni yupqaqatlam xromatografik aniqlash.
Silikagel bilan qoplangan xromatografik plastinkaning (12x18 sm) start chizig‘iga tekshiriluvchi eritmadan tomizilib, undan 2 sm o‘ngda start chizig‘iga standart eritma (0,01% kofeinning xloroformdagi eritmasi) tomiziladi. Plastinka iliq xavo oqimida quritiladi va efir-atseton-25% ammiak (40:20:1) erituvchilar aralashmasi bilan to‘yintirilgan xromatografik kameraga tushiriladi. Kamera qopqoq bilan zich yopiladi. Erituvchi 10 sm yuqoriga ko‘tarilgandan keyin plastinkani kameradan olinib, iliq xavo oqimida quritiladi. So‘ngra Dragendorf reaktivi bilan purkaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |