Immunoelektroforez – o’zida elektroforez bilan presepitasiya reaksiyasini birlashmasini namoyon etadi.Avval oqsillarning elektroforezi yupqa qatlamda olib boriladi. Elektroforezdan so’ng oqsillar harakati tomondagi gelda yonbosh chuqurchalar qilinadi, ular antizardob bilan to’ldiriladi.So’ngra plastinkalar 1-2 kunga xo’l kameraga qo’yiladi, natijada antigenlar antitelalar bilan ta’sirlashadi va presepitasiya zonalari hosil bo’ladi.Bu usul individual oqsillarni aniqlashga imkon beradi.
Peptid kartalar usuli – qog’oz
,YQX va yuqori vol’tli elektroforez bilan birlashgan usuldir.Tashuvchi sifatida silikagel yoki selyuloza kukuni ishlatiladi.Avval xromatografiya qilinadi, namunani qog’oz yoki plastinkaning chetiga yaqin joyga tomiziladi, 900 burchakda elektroforez o’tkaziladi.Bu usul past molekulali birikmalarni aralashmalarini ajratish uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |