7-rasm. Termoion detektor sxemasi:
1- tuzli manba; 2 - elektrod-kollektor; 3- havo oqimi; 4- N2 oqimi; 5- xromatografik
yordamida aniqlanadi.
Radioaktiv nurlanish manbaalari sifatida N3, N63, Sr60 va
boshqalarni olinishi mumkin. Ushbu
rasm. Elektron ushlab qoluvchi detektor sxemasi: 1 – eletrodlar (anod); 2 – radiaktiv manbaa (Ni63); 3- produvochniy gaz; 4- gaz tashuvchi; 5 – maxsulotning atmosferaga chiqarilishi;
kolonkadan kelayotgan gaz oqimi; 6 –
mahsulotlarining atmosferaga chiqarilishi.
detektorda hamma neytral molekulalar ham elektronlarni ushlab qolaolmaydi. Bu xususiyatga tarkibida (Cl, P, N2, S, O2) ba’zi bir elementlar atomlari tarkibida bo‘lgan
molekulalar yoki ma’lum (COOH NO2 ) funksional guruhlar birikmalari ega.
Detektorlar signallarini yozib oluvchi qurilma
Detektorlar signali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki kuchaytirgich orqali yozib oluvchi qurilma – registratorga beriladi. Ko‘chaytirgichga kelayotgan tok 10-3 – 10-10 A atrofida bo‘lib, uni bir necha millivoltgacha kuchaytiriladi. Signallarni aniqlashda ko‘proq yozib oluchi qurilma - potensiometrlar ishlatiladi.
GSX da moddalar sifatini aniqlash bosqichlari
Detektorlardan olingan signalning gaz oqimi hajmiga yoki kolonkadan ajralayotgan moddaning kolonkada ushlanish vaqtiga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi egri ajralish chiziqlari yoki xromatogramma deb ataladi.
Diagramma tasmasidagi to‘g‘ri chiziq kolonkadan o‘tayotgan gaz oqimi tozaligini, 1-chi cho‘qqi kolonkadan chiqayotgan yutilmagan havoni yoki eritmani, 2-,3-,4-chi va hokozo cho‘qqilar kolonkadan ajralib chiqayotgan alohida moddalarni signalini ko‘rsatadi.
Xromatogramma chizmasi quyidagi parametrlar bilan harakterlanadi cho‘qqi yuzasi(S) yoki balandligi (h), asosi (a), cho‘qqi balandligining yarim kengligi (½) va cho‘qqining xromatogrammadagi joylashgan o‘rni. Balandlik yoki cho‘qqi yuzasi kolonkadan chiqayotgan modda miqdoriga bog‘liq. CHo‘qqining xromatogrammadagi joylashuvi va uning kengligi ajralishni harakterlaydi. Balandlik deb cho‘qqining uchidan to asosigacha bo‘lgan masofaga aytiladi.
Cho‘qqining yarim kengligi bu konturdagi nuqtalar balandliklarining yarmidagi masofa bilan belgilanadi. Cho‘qqi bilan asosi o‘rtasida joylashgan yuzaga cho‘qqi yuzasi deyiladi va u turli usullarda elektron detektor qo‘llab, planimetrik usulda, cho‘qqini qirqib va og‘irligini tortib aniqlash, Kandel-Bosh usuli bilan, uchburchak ko‘rinishidagi usul bilan o‘lchanadi.
Lekin amaliyotda xromatografik cho‘qqi yuzasini formula bo‘yicha hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |