Radikal qog‘oz xromatografiyasi
Aniqlanuvchi modda aralashmasi aylana disk xolidagi xromatografik qog‘oz markaziga nuqta bo‘yicha qo‘yiladi va shu erga osma pilik orqali qo‘zg‘oluvchi faza doimiy shimdirib turiladi. Moddalar aralashmasi aylana bo‘yicha shimilib ajraladi.
Xromatogramma qog‘oz radusi bo‘ylab qirqib olinadi va har bir sektor ayrim reaktivlar bilan ishlov berilib, modda aniqlanishi mumkin.
\
Kalonkali qog‘oz xromatografiyasi
Bu usulda xromatografik taqsimlanish xromatografik qog‘oz aylanmasi bo‘ylab bajariladi. Aniqlanuvch modda aralashmasi xromatografik qog‘oz aylanmasi bo‘ylab shimdiriladi va shu yo‘sinda qo‘zg‘aluvchi erituvchi shimdiriladi. Tajriba oxirida qog‘oz aylanmasi yoziladi va xromatogramma asosida har bir modda ayrim-ayrim o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |