Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet78/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Tarmoq texnologiyasida har bir foydalanuvchi o‘z ShKda lokal ma’lumotlar bazasini tashkil etishi mumkin. Bu ma’lumotlar bazasi faqat mazkur avtomatlashtirilgan ish joyida zarur bo‘lgan axborotlarni saqlaydi. ShK. tarmog‘lda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va foydalanish banklar, birja, investitsiya jamg’armalari va boshqa bozor iqtisodiy infratuzilmalarining axborot tizimlari samaradorligini tezda oshiradi.
Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar konfiguratsiyasiga bog’liq holda turli ish texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni tarmoqli ishlah chiqishning turli kontseptsiyalari mavjud: «fayl-server» va «mijoz-server».
«Fayl-server» tamoyili tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda markazlashgan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va «fayl-server» uchun ajratilgan kompyuterga mo’ljallangan.
Bunday arxitektura uchun «fayl-server»dagi ma’lumotlarning umumiy bazasiga jamoa holda kirish xos xususiyat. Foydalanuvchilardan biri tomonidan fayl yangilangan taqdirda boshqa foydalanuvchilaming kirishiga qarshi himoyalanadi. So’ralgan ma’lumotlar «fayl-server»dan ishchi stansiyaga o‘tkaziladi va ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi vositalari bilan qayta ishlanadi.
«Mijoz-server» tamoyili. Mazkur konsepsiyaga asosan, ma’lumotlarni ishlab chiqish vazifasi mijoz — ishchi stansiyasi va ma’lumotlar bazasining mashina serveri o‘rtasida bo’lishi mo‘ljallangan. Ma’lumotlarni qayta ishlashni mijoz so’raydi va u tarmoq bo‘ylab ma’lumotlar bazasi serveriga uzatiladi. So‘rov o‘sha erda qidiriladi. Qayta ishlangan ma’lumotlar tarmoq




§ 3.7. Klassifikatorlar, kodlashtirish va ulami qo'llash texnologiyasi


129


orqali serverdan mijozga uzatiladi. Bu tarmoq mijozlarining turli xil umumiy ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.
§ 3.7. KLASSIFIKATORLAR, KODLASHTIRISH
VA ULARNI QO'LLASH TEXNOLOGIYASI

Iqtisodiy vazifalami ishlab chiqish ShKda turli xil ma’lumotlar, jadvallar, qaydnomalami tuzish bilan tugaydi, ularda axborotlar rekvizitlar bo'yicha guruhlarga ajratiladi. Axborotlarni guruhlarga ajratish texnik-iqtisodiy axborotlami hisoblash texnikasi yordamida ma’lumotlami kiritish va ish­lab chiqish uchun qulay shaklda taqdim etishga imkon beruvchi tasniflash va kodlashtirish tizimlari asosida amalga oshiriladi. Iqtisodiy axborotlar hujjatlarda raqamlar va harflar ko'rinishida qayd etiladi.
Ko'rsatkichlarning miqdoriy-natijaviy asoslari raqamli, alomatlari esa, harfli-raqamli aks ettirilishga egadir. Bunday alomatlarga, masalan, muassasa (bo‘linma)ning nomi, ishlovchining familiyasi doimo ham avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga qulay bo'lmagan operatsiyalar turini kiritish mumkin. Bu operatsiyaning inson va mashina tomonidan qabul qilinishini qulay qilish uchun iqtisodiy axborotlami bir shaklga keltirilgan ta’rifining maxsus vositalarini yaratishga to‘g‘ri kelgan. Bu vositalar tasnif­lash va kodlashtirishning yagona tizimiga kiruvchi bir qator ishlab chiqilgari klassifikatorlami o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy axborotlami tizimlashtirish eng turli-tuman klassifikatorlami qo'llash zarurligini keltirib chiqaradi:

  • markazlashtirilgan tartibda ishlab chiqariluvchi va butun mamlakat uchun yagona bo'lgay umumdavlat;

  • faoliyatning biror bir sohasi uchun yagona bo'lgan sohaviy. Qoidaga ko‘ra, sohaviy klassifikatorlar avtomatlashtirilgan ishlab chiqishning namunaviy loyihalarida tayyorlanadi. Masalan, buxgalteriya hisobi uchun hisob rejalari, to'lovlar va ish haqidan ushlab qolishlar turlari, moddiy boyliklar harakati, operatsiyalar turlari va boshqalaming kodlari tuzilgan;

  • mahalliy, ular ushbu korxona, tashkilot, bank uchun xos bo'lgan ro'yxatlarda tuziladi (tabel raqamlari, bo'linmalar, mijozlar va boshqalaming kodlari). Mahalliy kodlarni ishlab chiqish joylarda olib boriladi.

Umumdavlat klassifikatorlari (UK) shartli ravishda to'rt guruhga bo'linadi:
Mehnat va tabiiy resurslaming klassifikatorlari, masalan, ishchilaming kasblari, xizmatchilaming lavozimlari va tarif razryadlarining UK.
Sohalar tartibining (milliy iqtisodiyot sohalarining), boshqaruv idora- larining (davlat boshqaruvi idoralarining belgilanish tizimi), ma’muriy- hududiy bo'linishning, korxona, va tashkilotlaming, mulk shakllarining klassifikatorlari.




130


3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari


Mahsulotlarning klassifikatorlari (sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining, qurilish mahsulotlarining UK).
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, boshqaruv hujjatlari, o‘lchov birliklarining belgilanish tizimlari va boshqalaming klassifikatorlari.
Korxonalar va tashkilotlaming UK davlat statistika idoralari tomonidan mulkchilikning har xil turidagi korxonalar, tashkilotlar, firmalarga beriladi. Uchta blokdan iborat bo‘ladi: 1. Qayd qilinish raqami; 2. Tashkilotning nomi; 3. Korxona, tashkilot, firmaning — muassasaviy, hududiy va sohaviy qaramligi. Qayd qilinish raqami korxonalar va tashkilotlar tomonidan moliyaviy hisobot formalari qo‘yiladi. Boshqa ikki blokdan davlat statistika idoralari korxona va tashkilotlaming UKni ShKda avtomatlashtirilgan holda olib borish uchun foydalanadi. Qayd qilinish raqami 7 belgidan iborat, u kombinatsiyalashtirilgan tizim bo‘yicha qurilgan, birinchi ikki belgi — sohaviy qaramlikni, oxirgilari — korxonalar, tashkilotlaming tartib raqamini bildiradi.
Klassifikatorlami tuzishga kirisha turib, dastavval ushbu vazifalami hal qilishda qanday umumdavlat va sohaviy klassifikatorlardan foydalanish mumkinligini aniqlash, faqat shundan keyingina mahalliy kodlami tuzishga kirishish kerak. Klassifikatorlar AIJni yaratishni ko‘zda tutuvchi kompyuterli axborot tizimlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Hujjatlarda guruhlarga ajratilishi mashinada bajarilishi kerak bo‘lgan alomatlamigina kodlashtiradi. Kodlami ishlab chiqish texnoishchi loyihani tuzishda amalga oshiriladi. Bu jarayonlarda mashinada ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislar bilan bir qatorda iqtisodchi foydalanuvchilar katta rol o‘ynaydi.
Klassifikatorlami tuzish ikki bosqichda bajariladi, birinchi bosqich axborotlami tasniflash, ikkinchisi — kodlashtirishdir.
Tasniflash quyidagi izchillikda amalga oshiriladi. Awal kodlashtirilishi kerak bo'lgan nomenklaturalar aniqlanadi. Ularga guruhlashni tuzish uchun foydalaniladigan rekvizitlar, alomatlar kiradi. Keyin, har bir nomenklatura bo‘yicha kodlashtirish kerak bo‘lgan barcha pozitsiyalaming to‘liq ro‘yxati tuziladi. Bunda ko‘rib chiqilayotgan nomenklaturadagi har xil alomatlaming mantiqiy bog‘liqligiga rioya qilinadi. Masalan, hududlami kodlashda tumanlar viloyatlar bo‘yicha joylashtiriladi. Bunday tartibga solingan ro‘yxatlar, ya’ni ayrim qatorlar — pozitsiyalardan tashkil topuvchi bir turli nomlarning to‘liq ro‘yxati — nomenklatura deb ataladi. Har bir nomenklaturada yangi obyektlar paydo bo‘lishi holi uchun bir necha zaxiraviy pozitsiyalar ko‘zda tutiladi. Shunday qilib, ta’kidlash mumkinki, tasniflash ko‘plikning elementlarini alomatlar ichidagi alomatlar va bog‘liqliklar asosida ko‘plik ostilarga taqsimlashdan iborat bo'ladi.
Tasnif tuzilgandan so‘ng undan keyingi bosqich — kodlash nomenklaturaning turli xildagi pozitsiyalariga shartli belgilanishni berish jarayonlari bajariladi. Kod — obyektni kodlash tizimi tomonidan




§ 3.7. Klassifikatorlar, kodlashtirish va ulami qo'llash texnologiyasi


131


belgilangan ayrim qoidalar bo’yicha belgilar yoki belgilar guruhi bilan shartli belgilanishidir. Kodlar raqamli, harfli, harfli-raqamli va bir yoki bir necha belgilardan iborat bo‘lishi mumkin. Mashinada ishlab chiqishda avtomatlashtirilgan guruhlash uchun eng qulay bo'lgan raqamli shaklda kodlashtirilgan axborotlarga afzallik beriladi.
Kodlar berilgandan keyin klassifikator bir turdagi nomlarni tizimlashtirilgan kiritilishi va ulami kodli belgilanishi tuziladi.
Klassifikator ikki xildagi ko‘rinishga ega. Birinchisi — hujjatlarda kodlarni qo‘lda qo‘yish. Bu holda klassifikatorlar ma’lumotnomalar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi va iqtisodchilar tomonidan birlamchi va yig‘ma hujjatlami mashinada ishlab chiqishga tayyorlash uchun foydalaniladi.
Agar mashinada ishlab chiqishda korxonalarda ma’lumotlami birlamchi hujjatlarda kiritish amalga oshirilsa, unda hujjatlar oldindan kodlashtiriladi, kodlar hujjatning maxsus ajratilgan joyiga, hujjatning doimiy va o‘zgaruvchan alomatlari zonasiga yo’riqnomaga muvofiq qo'lda qo'yiladi. Kodlarni qo‘yilishini noto‘g‘riligining nazorati nazorat summasini qo‘yish yoki qo‘shimcha himoya kodini kiritish usuli bilan amalga oshiriladi.
Kodlarni qo'llashning ikkinchi holida barcha klassifikatorlarni mashinaning xotirasida, ma’lumotlar bankining mashina manbalarida lug‘at jamg‘armasi yoki shartli-doimiy axborot sifatida saqlanishi ko‘zda tutiladi.
Klassifikatorlarning ShKda saqlanishi kerakli matnli axborotlarni chiquvchi ma’lumotlarini avtomatik shakllantirishga imkon beradi. Masalan, mashinada ishlovchilar haqidagi ma’lumotnoma doimiy saqlanadi, u yerda familiyasi, ismi, otasining ismi, tabel raqami, kasbi rekvizitlari mavjud. Ish haqini ShKda hisoblashda xisoblab ustiga qo‘shish va ushlab qolish bo‘yicha birlamchi hujjatlardan mashinaga faqat ishlovchining tabel raqami (familiyasiz) va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar kiritiladi.
Ishlab chiqish jarayonlarida ma’lumotnomadan olingan familiyasi, ismi, otasining ismi har bir tabel raqamiga shakllantiriladi. Natijada hisoblash — to‘lov hujjatlarida barcha ishlovchilaming familiyalari bosib chiqariladi.
Kodlaming oldiga bir qator talablar qo’yiladi: ular kodlashtirilishi kerak bo‘lgan barcha nomenklaturalami qamrab olishlari; bitta iqtisodiy obyektning ichidagi turli xil (masalan, materiallar, bo’linmalaming kodlari buxgalteriya hisobi va moddiy-texnik ta’minot) vazifalari uchun yagona bo'lishi; erkin raqamlar zaxirasiga ega bo‘lishi (ammo ortiqcha emas, chunki bu kodning belgililigi - oshib ketishiga olib kelishi mumkin); kodli belgilanishning uzunligi eng kichik loyihalashtirilishi kerak. Ushbu nomenklatura kodlarining belgililigi barcha jihatlar (pozitsiyalar) uchun bir xil bo'ladi. Ba’zida asosiy kodga tire orqali nazorat razryadi qo’shiladi, u iqtisodchi tomonidan kodda qandaydir raqam xato qo’yilganda yoki raqamlaming o'rinlari almashtirib qo’yilganda mashina tomonidan xatoning avtomatik topilishini ta’minlaydi. Amaliyotda ko'rinadiki, bu kodlashtirishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan




132


3 - bob. Milliy iqtisodiyotdagi axborot jarayonlari


xatolardandir. Shuning uchun, masalan, bank axborotlarini ishlab chiqimda nazorat razryadi mijoz shaxsiy hisobning raqamiga va bank filial raqamiga ega bo‘ladi.
Kodlarni belgilash axborotlarni mashinada guruhlarga ajratilishini ta’minlash, barcha guruhlovchi alomatlar bo‘yicha yakunlami chiqarish va ulami yig‘ma jadvallarda bosib chiqarishdan iborat bo‘ladi. Ular ishlab chiqishning axborotlarni qidirish, saqlash, tanlab olish kabi tadbirlarni bajarishda keng qo'llaniladi, ulami aloqa kanallari bo‘yicha uzatishda vaqtni ancha qisqartiradi.
Axborotlarni kodlashtirish belgilangan tizim — kodlarni qurishning belgilovchi qoidalar majmuasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy axborotlarni kodlashtirishning bir necha tizimlari qo‘llaniladi, ular orasida quyidagilar keng tarqalgan: tartibli, seriyali, pozitsiyali va kombinatsiyalashtirilgan. Kodlashtirish tizimini tanlash bir qator omillarga bog‘liq, ular orasida nomenklaturadagi ajratilgan alomatlaming miqdori, har bir alomatdagi pozitsiyalaming soni, nomenklaturaning barqarorlik darajasi asosiylardan bo'ladi.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish