Mavjud bo‘lish davri — ushbu avtomatlashtirilgan tizimga zaruriyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab to foydalanuvchilaming foydalanishdan to‘ liq chiqqan payti bilan tugagan vaqt oralig‘ida AAT (AATex)ning turli xildagi holatlarini qamrab oluvchi, uning yaratilishi va undan foydalanish davridir.
AAT va AATexning mavjud bo’lishlik davri to‘rt asosiy pallani: loyihalashdan oldingi, loyihalashtirish, tatbiq etish va faoliyat ko’rsatish davrlarini ajratishga imkon beradi. Tizimning faoliyat yuritish samaradorligi loyihalashtirish ishlarining sifatiga bogTiq. Shu bois ham loyihalashtirishning har bir pallasi bir qator bosqichlarga bo‘linadi va ish natija-larini aks ettiruvchi hujjatlami tuzishni ko‘zda tutadi. Loyihalash-tirishning asosiy pallalari va bosqichlarida bajariladigan ishlar deb quyidagilami hisoblash mumkin:
I palla. Loyihalashtirishdan oldingi tadqiq qilish:
bosqich — loyihalashtirish uchun materiallarni yig‘ish, talablarni shakllantirish, loyihalashtirish obyektini o‘rganish, tizim konsepsiyasi variantini ishlab chiqish va tanlash;
bosqich — materiallarni tahlil qilish va hujjatlami shakllantirish — birinchi bosqichda yig‘ilgan tadqiqot materiallarini tahlil qilish asosida tizimni loyihalashtirish uchun texnik-iqtisodiy asoslash va texnik vazifani yaratish hamda tasdiqlash.
II palla. Loyihalashtirish:
bosqich — texnik loyihalashtirish, bunda ishlanmaning barcha jihatlari bo‘yicha eng oqilona loyiha yechimi izlanishini qidirish olib boriladi, tizimning barcha tarkibiy qismlari ishlab chiqiladi va bayon qilinadi, ishning natijalari esa texnik loyihada aks ettiriladi;
bosqich — ishchi loyihalashtirish, uning jarayonida dasturlami ishlab chiqish va isbotlash, ma’lumotlar bazalarining tuzilmalariga tuzatishlar kiritish, yetkazib berishga hujjatlar yaratish, texnik vositalar va ulardan foydalanish bo'yicha yo‘riqnomalami belgilash, tizimning har bir foydalanuvchisi uchun boshqaruvning texnik vositalaridan foydalanish orqali o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshiruvchi ijrochi-mutaxassislarning lavozim yo‘riqnomalari ko‘rinishida rasmiylashtirilgan keng yo’riqnomaviy material-lami tayyorlash amalga oshiriladi. Texnik va ishchi loyihalar yagona hujjat — texnoishchi loyihaga birlashishi mumkin.
palla. Tizimni ishga tushirish:
bosqich — texnik vositalarni o‘rganish va foydalanishga kiritish, ma’lumotlar bazalarini ish bilan to‘liq ta’minlash hamda dasturlardan tajribali foydalanish, xodimlami o’qitish;
bosqich — tizimning barcha tarkibiy qismlarini sanoat foydalanishiga topshirishdan oldin tajriba sinovlari o’tkazish, xodimlami o’qitish;
476
15 - bob. Iqtisodiy axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish asoslari
bosqich — (AAT va AATexning yakunlovchi bosqichi) sanoat foydalanishiga topshirish, ishlami qabul qilish topshirish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.
palla. Sanoat foydalanishi:
1-bosqich — kundalik faoliyat yuritishdan tashqari, o‘z ichiga dasturiy vositalar va butun loyihanig birga borishini, ma’lumotlar bazalari tezkor xizmat ko‘rsatishi va idora qilinishini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |