Tashqi muhit ta'siri
15.1-rasm. Boshqaruv tizimi tuzilmasi.
Qo’llanish sohasiga ko‘ra bunday tizimlarining quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin:
• texnik axborot tizimlari;
460
15 - bob. Iqtisodiy axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish asoslari
iqtisodiy axborot tizimlari;
ijtimoiy sohalardagi axborot tizimlari va boshqalar.
Bundan keyin faqat iqgisodiy xususiyatga ega axborot tizimlari haqida so‘z yuritilar ekan, iqtisodiy axborot tizimlari (IAT) tushunchasini sharqlash lozim. Foydalanuvchilar so'rovi bo‘yicha iqtisodiy axborotni saqlash, izlash va berish uchun mo'ljallangan tizimni mazkur tushunchada ifodalaymiz. IAT yordamida, afsuski, obyektni boshqarish uchun foydalanadigan har qanday axborotni ham qayta ishlash mumkin emas. Chunki istalgan korxonada qarorlami qabul qilishda muhim roi o‘ynovchi ulkan axborot oqimlari bor. Lekin ulami kompyuterlar yordamida qayta ishlash mumkin emas, chunki axborotni tizimlashtirish va uni qayta ishlash jarayonini formallashtirish murakkab.
IAT da boshqaruv obyektidan kompyuter yordamida tizimlashtirish va qayta ishlash mumkin boTgan axborotning A2 qismigina yo'naltiriladi (15.2 -rasm ). Xuddi shunga o‘xshab boshqaruv apparatidan lATga uzatilgan direktiv axborot tegishli ravishda qayta ishlangan va boshqaruv obyektiga yo‘naltirilgan T2 ning bir qismigina beriladi. Boshqarishning turli darajalari uchun lATda qayta ishlangan axborot ulushi umumiy hajmga nisbatan undan yigirma foizgachadir. Boshqarish jarayonida uch xil toifa qarorlar qabul qilinadi. Strategik, taktik va operativ. Ushbu tasnifga muvofiq boshqaruv apparati odatda uch xil: oliy, o‘rta va operativ darajalarga bo'linadi.
Tashqi inuhit haqida axborotlar
Tashqi muhit ta'siri
15.2 - rasm. Boshqaruv tizimi tarkibiy tuzilmasi.
bu erda: T|5 T, - direktiv axborotlarning noformallashgan va formallashgan qismi (to‘g‘ri aloqa);
A , A, - axborotlarning noformallashgan va formallashgan qismi (teskari aloqa).
§ 15.1. Axborot tizimlari. Ulaming turiari va tarkibi
461
Oliy daraja (oliy rahbarlik) boshqarish maqsadlari, tashqi siyosat, moddiy, moliyaviy va mehnat zaxiralarini belgilaydi, uzoq muddatli rejalar va ulaming bajarilishi strategiyasini ishlab chiqadi. Uning asosiy vazifalariga bozor, raqobat, kon’yuktura tahlili va korxona manfaatlariga kuchli xavf- xatar paydo bo'lganda uni rivojlantirishning muqobil strategiyasini izlash kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |