Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet356/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Elektron to‘lov tizimi deb ushbu tizim doirasida to‘lov vositasi sifatida bank plastik kartalarining qo‘llanishini ta’minlaydigan usullar va bu usullami ishga soluvchi subyektlar majmuiga aytiladi.
Plastik karta bu jonlantirilgan to‘lov asbobi bo‘lib, ushbu karta foydalanuvchisiga tovarlar va xizmatlarga naqd pulsiz to‘lovlami amalga oshirish, shuningdek bank avtomatlaridan va bank bo'limlarida naqd pul olish imkonini beradi. Kartani toTov asbobi sifatida qabul qilayotgan savdo va




646


21 - bob. Axborot xavfsizligi


xizmat ko‘rsatish (servis) korxonalari hamda bank bo'limlari kartalarga xizmat ko'rsatish nuqtalarining qabul qilish tarmog‘ini hosil qiladi.
To‘lov tizimini yaratishda hal qilinadigan asosiy vazifalardan bin to‘lov tizimiga kirgan emitentlar tomonidan chiqarilgan kartalarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek o'zaro hisob-kitoblar va to‘lovlami olib borishning urnumiy qoidalarini ishlab chiqish va ularga rioya etishdan iborat. Bu qoidalar kartalar ustida olib boriladigan ma’lumotlar standartlari, mualliflashtirish, foydalanilayotgan asbob-uskunalaming ixtisoslashtirilishi va shu kabi boshqa sof texnik sohadagi amallarni ham, shuningdek banklar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar olib borish qoidalari, qabul tarmog*i tarkibiga kiruvchi savdo va xizmat ko'rsatish korxonalari bilan hisob-kitoblar olib borish va shu kabi boshqa moliyaviy jihatlami ham o‘z ichiga oladi.
Tashkiliy jihatdan to‘lov tizimining yadrosi bu shartnomaviy majburiyatlar bilan birlashtirilgan banklar assotsiatsiyasidir. Bundan tashqari, elektron to'lov tizimi tarkibiga xizmat ko'rsatish tizimini hosil qiluvchi savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari kiradi. To'lov tizimi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uchun, kartalarga xizmat ko‘rsatishda texnik yordamni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar ham zarurdir.
To‘lov tizimi bilan bitim tuzgan va tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan bank ikki hil sifatda - bank-emitent va bank-ekvayer sifatlarida namoyon bo'lishi mumkin. Bank-emitent plastik kartalami chiqaradi hamda ushbu kartalardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy majburiyatlaming bajarilishini kafolatlaydi. Bank-ekvayer kartalami to‘lov vositasi sifatida to'lovlar uchun qabul qilayotgan savdo va xizmat ko'rsatish korxonalariga xizmat ko‘rsatadi, shuningdek bu to‘lov vositalarini, ya’ni kartalami o‘z bo'limlarida hamda o‘ziga tegishli bo‘lgan bankomatlar orqali naqd pulga aylantirish uchun qabul qiladi. Bank-ekvayeming asosiy vazifalari xizmat ko‘rsatish nuqtalari bilan hisob-kitoblar olib borish bilan bog‘liq moliyaviy amallarni bajarishdan iborat. Bank-ekvayeming texnik masalalar bilan bog'liq faoliyatini bajarish ekvayer tomonidan protsessing markazlariga topshirilishi mumkin.
Karta yordamida to‘lovlami qabul qilishning avtomatlashtirilmagan amallari nisbatan oson. To'lov paytida korxona mijozga tegishli plastik karta rekvizitlarini nusxa ko‘chiruvchi imprinter mashinasi yordamida maxsus chekka o'tkazib olishi, chekda sotib olingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasini qayd etishi hamda mijoz imzosini olishi kerak. Bunday usul bilan rasmiylashtirilgan chek slip deb ataladi.
To‘lov tizimi amallarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida hisob- kitoblami mualliflashtirmay turib olib borish mumkin bo'lgan hududlar va biznes turlari uchun belgilangan summalar limitidan oshib kdtmaslik tavsiya qilinadi. Summa limiti oshib ketgan yoki mijoz shaxsi shubha tug'dirgan hollarda korxona mualliflashtirish amallarini bajarishi kerak. Mualliflashtirish paytida korxona mijoz hisob raqamining holati haqidagi axborotlarga kirish imkoniga ega bo‘ladi hamda kartaning aynan mijozga tegishliligi va uning kelishilgan summa miqdorida to'lovga layoqatligigini aniqlab oladi. Slipning




§21.8. Elektron to'lov tizimlarida axborot xavfsizligi


647


bitta nuxasi korxonada qoladi, ikkinchisi mijozga topshiriladi, uchinchisi bank-ekvayerga yetkaziladi hamda to‘lov summasining korxonaga mijoz hisob raqamidan to'lab berilishi uchun asos vazifasini o‘taydi.
So'nggi yillarda avtomatlashtirilgan savdo POS-terminallar (Point-Of-Sale - savdo nuqtasida to'lov) va bankomatlar keng ommaviylashib bormoqda. POS- terminallardan foydalanishda sliplami to'ldirishga ehtiyoj qolmaydi.. Plastik karta rekvizitlari uning magnit yo'lkasidan POS-terminalga o'matilgan o'qib olgichda o'qib olinadi. Mijoz terminalga o'zining faqat o'ziga ma’lum bo'lgan PIN-kodi (Personal Identification Number - shaxsiy identifikatsiya raqami) ni kiritadi. PIN-kod elementlari magnit yo'lkasidagi yozuvni shifrlashning umumiy algoritmiga qo'shiladi hamda karta egasining elektron imzosi bo'lib xizmat qiladi. POS-terminal klaviaturasida kelishuv summasi teriladi.
Agar kelishuv bank bo'limida amalga oshirilayotgan bo'lsa hamda bu kelishuv jarayonida mijozga naqd pul berish amali bajarilayotgan bo'lsa, bu hollarda POS-terimnaldan tashqari yana elektron kassir-bankomatdan foydalanish mumkin. O'z tuzilishiga ko'ra u qurilma POS-terminalga ega bo'lgan avtomatlashtirilgan seyfdir.
Terminal qurilma modern orqali tegishli to'lov tizimiga mualliflashtirish uchun murojaat qiladi. Bunda pressing markazi quvvatidan foydalaniladi. Uning xizmatlari esa, yuqorida aytib o'tilganidek, savdogarga bank-ekvayer tomonidan taqdim etiladi.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish