Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet25/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Axborot industriyasi - bu eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot mahsulotlari va xizmatlarini (gazetadan tortib, jumal, kitob, kompyuter o‘yinlari va kompyuter tarmoqlaridagi axborotlargacha) keng ko‘lamda ishlab chiqarishdir.

  • Hozirgi kunga kelib axborot industriyasida quyidagi tarkibiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda:

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tezkorlik bilan rivojlanib borishi;

  • xarajatlaming pasayishi bilan ular samaradorligining o‘sib borishi;

  • yangi ilovalaming rivojlanib borishi;

  • ushbu industriya sektorlari orasidagi chegaralaming asta-sekinlik bilan yo‘q bo‘lib borishi.




§ 1.2. Axborotlashgan jamiyat haqida umumiy tushunchalar


17


Hozirgi kunda industrial rivojlangan mamlakatlarda bilimlarga asoslangan iqtisodiyot shakllanib bormoqda. Bilimlar iqtisodiyoti bevosita axborot va bilimlarni ishlab chiqish, qayta ishlash, taqsimlash va ulardan kishilaming o‘z faoliyatida samarali foydalanishga asoslangan. Unda bilimlardan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatlarida keng foydalanishni ko‘zda tutadi. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot global va o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘lib, unda bilimlar tovarga aylanadi. Rivojlangan mamlakatlar bilimlar iqtisodiyotiga o‘tish uchun muayyan shart-sharoitlar, ya’ni biznes muhiti, innovatsion tizim, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va ish kuchi sifati o‘zgarishlarining mavjud bo‘lishidir.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir:

  • ish o‘rinlarining soniga emas, balki ularning sifatiga e’tiborni qaratish;

  • global iqtisodiyotda har bir mamlakat o‘z o‘mini topishi;

  • biznesni rag'batlantiruvchi omillarini bilish;

  • ish kuchini shakllantirish uchun katta investitsiyalar sarflash;

  • innovatsion tarmoq va sohalar infratuzilmasi uchun katta miqdordagi investitsiyalami yo‘naltirish;

  • aholi farovonligini yuksaltirish;

  • mamlakat hududlarini rivojlantirish va muvaffaqiyatga erishishini rag‘batlantirish.

Axborotlashgan jamiyatning shakllanib borishida quyidagilarga jiddiy e’tibor berish kerak bo‘ladi:

  1. Ushbu jamiyat awalambor taraqqiyot etgan industrial jamiyat negizida shakllanadi. Jahonda hech bir davlat axborotlashgan jamiyatga industrialni cheklab o‘tgani yo‘q.

  2. Milliy iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sohasining tarkibiy jihatdan o‘zgarishi o‘z o‘mida axborot xizmatlari sohasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ularning yalpi o‘sib borishi kuzatilmoqda.

  3. Moddiy ishlab chiqarish sohasidagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish vositalari va mehnat unumdorligining o‘sishi bilan tavsiflanishi natijasida ish kuchidan oqilona foydalanilmoqda. Bo‘shagan ish kuchini boshqa sohalarga jalb qilinishi mutaxassisning malakaviy jihatdan tayyorgarlik darajasiga bog‘liq bo‘lmoqda.

  4. Ishlab chiqarish jarayonida intellektual kapital va axborotning ahamiyati yuksalib bormoqda. Yangi asming boshiga kelib Amerikaning iqtisodida axborotlar yordamida sanoatdagi qo‘shimcha qiymatning 3/4 qismi ishlab chiqilgan, ya’ni axborotlashgan jamiyatning asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, moddiy ishlab chiqarishning barcia sohalarida bilim asosidagi qiymatlaming ulushi ortib bormoqdadir. , TD'iJ




18


1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari


  1. Ishlab chiqarish jarayonlarida bilim va axborotlar rolining yuksalishi ta’lim tizimini birinchilar qatoriga olib chiqmoqda. Axborotlashgan jamiyatda har bir xodim nafaqat yuqori malakali mutaxassis, balki u doimo ta’lim olishga qobiliyatli va qayta tayyorlashga tayyor bo‘lishi lozim. Zamonaviy ishlab chiqarish xodimdan keng dunyoqarashga, yuqori malakali va chet tillari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishni taqazo etmoqda.

  2. Jamiyat ishlab chiqarishida fanning ahamiyati ortib borib, ishlab chiqarishning asosiy omillariga aylanmoqda. Axborotlashgan jamiyatda fanning o‘zi qo‘shimcha qiymatni ishlab chiqmoqda.

§ 1.3. JAMIYATNING RIVOJLANISHIDA
AXBOROTLASHTIRISHNING ROLI

Insonlar, jamoalar va tashkilotlaming faoliyati hozirgi kunda borgan sari mavjud axborotlardan samarali foydalanishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Bunga erishish uchun avvalambor axborotlami yig'ish, qayta ishlash va taqdim etish borasida katta hajmdagi ishlami amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Turli sohalarda optimal qarorlar qabul qilish uchun katta hajmdagi axborotlami qayta ishlash talab qilinadi, bu esa maxsus texnik vositalami jalb qilmasdan hal qilib bo‘lmaydi.
Axborot hajmining ortib ketishi XX asming o'rtalariga to‘g‘ri keladi. Insonga axborotlar oqimi oqib kela boshlab, unga axborotlardan to‘liq holda foydalanish imkoniyatlarini chegaralab qo‘ydi. Har kuni kelayotgan axborotlar oqimida orientir olish qiyinlashib bordi. Vujudga kelayotgan katta hajmdagi axborotlami quyidagicha izohlash mumkin:

  • ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalari aks etgan hujjat, hisobot, dissertatsiya, doklad va boshqalarning soni keskin ortib borishi;

  • inson faoliyatining turli sohalari bo‘yicha davriy nashrlar sonining doimiy ravishda ortib borishi;

  • kommunikatsiyalar tizimiga o‘tkazib bo‘lmaydigan magnit lentalarida ham axborotlarning ko‘payganligi.

  • Yuqoridagi keltirilgan omillar asosida axborot portlashi vujudga kelib, u quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:

  • axborotlami qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha insonning chegaralangan imkoniyatlari bilan saqlanayotgan katta hajmdagi axborotlar o‘rtasida qarama-qarshilik vujudga keladi. Oldinlari bilimlar hajmi asta-sekinlik bilan o’zgargan bo‘lsa, 1900-yilga kelib har 50 yilda, 1950-yilda esa har 10 yilda, 1970 yilga kelib har 5 yilda va 1990-yildan boshlab har yili ikki barobarga ortib bormoqda;

  • axborotlami iste’mol qiluvchilar uchun mavjud axborotlar tarkibida ortiqcha bo‘lgan axborotlar miqdori ham kattadir;


§ 1.3. Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli




19

• axborotlami tarqatish borasida ma’lum bir iqtisodiy, siyosiy va boshqa ijtimoiy to‘sqinliklar ham mavjud. Masalan, axborotning maxfiyligi tufayli turli tashkilot xodimlari ulardan foydalana olishmaydi.
Jahondajudayam katta miqdordagi axborotlaming yig‘ilganiga qaramasdan, ulardan insonlar imkoniyatlarining chegaralanganligi uchun to‘liq foydalana olishmayapti. Shuning uchun ham axborot tanqisligi jamiyat oldida yuqoridagi muammolami hal etishni talab etmoqda. Elektron hisoblash mashinalarining keng joriy etilishi, turli sohalarda axborotlami qayta ishlash va uzatishning zamonaviy vositalarini qo‘llash axborotlashtirish deb nomlangan yangi evolyutsion jarayonni boshlanishiga xizmat qilmoqda.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish