60-69,9 ball «3-qoniqarli» - talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
0-59,9 ball «2-qoniqarsiz» - talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.
Moliya asoslari fanidan talabalar bilimini baholash
Talabalar bilimini baholash semestr va yakuniy nazorat davomida o‘qitish materiallarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (test, topshiriq va yozma ish natijasi)ga asoslangan.
Joriy, oraliq va yakuniy nazorat ballari quyidagicha taqsimlanadi:
Joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, amaliy (seminar) mashg‘ulotlarida og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, masalalar yechish, nazorat ishi, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin.
Talabaga 1-amaliy mashg‘ulotga maksimal – 1 ball gacha qo‘yiladi. Shundan 0,5 ball - mashg‘ulot davomidagi talabaning ishtiroki, faolligi uchun berilsa, qolgan 0,5 ball - uyga berilgan vazifalarni mustaqil bayon qilishi, analitik tahlil qila olishi, so‘nggi ma’lumotlarga tayangan holda namoyish etishi uchun professor-o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladi. Bu bir amaliy mashg‘ulot uchun beriladigan maksimal ball hisoblanadi. Qolgan amaliy mashg‘ulotlar shu tartibda baholanib, buning natijasida talaba maksimal 30 ballga ega bo‘ladi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan 40 ballning qolgan 10 ballini talabalar mavzuga oid eng so‘nggi yangi ma’lumotlar asosida taqdimotlar, ilmiy maqola, tezis, mustaqil ish, yozma
esse asosida baholanadi. Bularni umumlashtirgan talaba amaliy mashg‘ulotlar darsga – jami 40 ballga ega bo‘ladi.
Oraliq nazorat – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli.
“Moliya asoslari” fanidan oraliq nazorat ma’ruza mashg‘uloti oralig‘ida, yozma ish shaklida o‘tkaziladi. Oraliq nazorat o‘tkazilish muddati universitet rahbariyati tomonidan belgilanadi. Oraliq nazoratni o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta o‘tkaziladi.
Moliya asoslari fanidan oraliq nazoratda talabaga 3 ta savol(bular tarkibida 1 dona masala)dan iborat bilet beriladi. Har bir savolga maksimal 10 ball qo‘yiladi. Agar talaba savol to‘g‘risida tushunchalarni qisman yoritsa 6 ball qo‘yiladi. Agar talaba tushunchaga ega bo‘lib, uni to‘liq bo‘lmagan holda yoritsa unga 7-8 ball qo‘yiladi. Talaba savolga to‘liq, mustaqil fikrlagan holda, misollar bilan yoritib bersa 9-10 ball qo‘yiladi. Agar talaba berilgan savol haqida umuman tushunchaga ega bo‘lmasa yoki yoritib bilmasa, u holda talabaga 5 va undan kichik ballar qo‘yiladi va qoniqarsiz deb baholanadi.
Yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Test” shaklida o‘tkaziladi.
Har bir talabaga 30 ta test savollaridan iborat variant beriladi. Agar talaba 18 ta test savoliga to‘g‘ri javob bersa “qoniqarli” baho olgan hisoblanadi. 22-26 ta test savoliga to‘g‘ri javob bersa “yaxshi”, 27-30 test savoliga to‘g‘ri javob bersa “a’lo” sifatida baholanadi.
Fan bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ball asosida baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
Joriy nazorat uchun – 40 ball.
Oraliq nazorat uchun – 30 ball.
Yakuniy nazorat uchun – 30 ball.
Do'stlaringiz bilan baham: |